Jizzax viloyatida bir kunda 2 ta YTHda 5 kişi halok böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
14-avgust kuni Paxtakor tumani Boğişamol mahallasi hududida 2 ta Cobalt iştirokida YTH sodir bölgan. 1993-yilda tuğilgan haydovçi A.I. Cobalt maşinasini boşqarib ketayotib, quvib ötiş qoidasini buzgan va qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Cobalt bilan töqnaşgan. Ikkinçi maşina 36 yoşli X.U. boşqaruvida bölgan.

Oqibatda bir haydovçi voqea joyida, ikkinçisi şifoxonada vafot etgan.
15-avgust kuni ertalab Ğallaorol tumanida yana bir ayançli YTH sodir bölgan. Buxoro viloyatida yaşovçi 35 yoşli Ş.B. yuk maşinasini “Toşkent-Samarqand” yönalişida boşqarib kelib, yölning belgilanmagan joyidan qayrilib olayotganda Cobalt yöliga çiqib ketgan.

Oqibatda Cobalt haydovçisi va undagi bir yölovçi voqea joyida, yana bir yölovçi esa şifoxonada vafot etgan. Ular Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidan bölgan.
Avvalroq Jizzax viloyatining Zomin tumanida Onix va Volkswagen töqnaşuvida 2 kişi halok bölgandi.












