Jizzax viloyatida qurilayotgan integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi loyihasining umumiy qiymati 9,5 milliard dollarni taşkil etadi. Bu haqda 2-sentabr kuni Özbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi. Avvalroq “Özatom” agentligi rahbari Azim Ahmadxöjayev 9,5 mlrd dollar – loyihaning bazaviy maksimal qiymati ekanini aytgandi.
Ahmadxöjayev va boşqa masʼullar 2-sentabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyevga integratsiyalaşgan AES va unga yondoş şaharça barpo etiş böyiça qilinayotgan işlarni taqdimot qildi.
“Atom energetikasini rivojlantiriş mamlakatimiz – Özbekiston energetik xavfsizligini mustahkamlaş, barqaror bazaviy elektr generatsiyasini yaratiş va energiya manbalarini diversifikatsiya qilişda strategik ahamiyatga ega.
Integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi loyihasi joriy yil 4-iyundan qurilişning faol bosqiçiga ötdi. Bugungi kunga qadar reaktor binosi uçun kotlovan qaziş işlari töliq yakunlanib, 1 million kub metrdan ortiq tuproq qazib olindi. Poydevor plitasining bir qismiga 916 kub metr beton quyildi. Quriliş-montaj bazasidagi 100 gektar maydonda yer işlari bajarildi. Ayni paytda quriliş maydonida 450 nafar işçi va mutaxassis, 100 dan ziyod maxsus texnika faoliyat yuritmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 9,5 milliard dollarni taşkil etadi. Jarayonda 3 mingga yaqin turdagi mahsulot va uskunalardan foydalaniladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, loyihada mahalliy mahsulotlar uluşi 21 foiz yoki 1,9 milliard dollarni taşkil etadi. Davlatimiz rahbari bu körsatkiç yetarli emasligini taʼkidladi.
Loyihada mahalliy mahsulotlar uluşini kamida 30 foizga yetkaziş, quriliş-montaj işlarining 65 foizini milliy korxonalar tomonidan bajariş hamda 7 ming nafar mahalliy işçi va mutaxassisni jalb etiş vazifasi qöyildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Sanoat zonasi
Foriş tumanida 200 gektar maydonda quriliş materiallariga ixtisoslaşgan sanoat zonasini taşkil etiş taklif qilindi. Unda kamida 100 ta qöşma korxonani joylaştiriş va texnologiyalar transferi orqali 15 ta yönalişda mahsulot işlab çiqarişni mahalliylaştiriş közda tutilgan.















