Meta Platforms hammuassisi Mark Tsukerberg Forbes jurnali talqini böyiça dunyoning eng badavlat kişilari röyxatidagi yuqori öntalikdan çiqib ketdi.
Boyligi miqdori bir kun içida 25,93 foiz yoki 29,7 mlrd dollarga kamaygan milliarder ön ikkinçi öringa tuşib qoldi. 4 fevral holatiga köra, uning boyligi 84,8 mlrd dollarni taşkil etmoqda.
Tsukerberg 2015 yildan buyon ilk bor top-10 milliarder röyxatidagi örnini yöqotdi.
Bloomberg Billionaires Index ma’lumotiga köra, Meta Platforms rahbari hozirda dunyoning eng badavlat insonlari röyxatida öninçi örinda turibdi, uning boyligi 89,6 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Mark Tsukerberg Meta Platforms kompaniyasining qariyb 13 foiz aksiyasiga ega.












