Indiana ştatining bankrotlik işlari böyiça advokati Mark Tsukerberg Meta kompaniyasiga qarşi sudga da’vo arizasi kiritdi. Bunga uning Facebook’dagi biznes-akkaunti muntazam ravişda bloklanişi sabab böldi, deb xabar berdi VC.
Qayd qilinişiça, ijtimoiy tarmoqning moderatsiya tizimi buni özini kompaniya boş direktori - da’vogarning familiyadoşi sifatida körsatişga uriniş deb hisoblagan.
Sönggi sakkiz yil içida advokatning tijorat sahifasi beş marta bloklangan. Tsukerberg Facebook sahifasidan öz xizmatlarini reklama qiliş va mijozlar bilan muloqot qiliş uçun foydalanadi. Şu bilan birga, profilida Meta rahbarining fotosuratlari yöq.
34 yillik tajribaga ega advokat da’vo arizasida ta’kidlaşiça, u yuridik amaliyotni Meta’ning hozirgi rahbari «atigi uç yoşda» bölganida boşlagan. Uning hisob-kitoblariga köra, bloklaşlar tufayli kompaniyani ijtimoiy tarmoqlarda tarğib qiliş uçun sarflangan 11 ming dollardan ortiq mablağni yöqotgan. Akkaunt muzlatilgan davrlari uçun pullar unga qaytarilmagan.
Da’vogarning ma’lum qilişiça, u 2017 yildan buyon bir neça bor Facebook qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qilgan, biroq muammo hal etilmagan va sud jarayoni boşlangan.
Advokat Mark Tsukerberg ism-şarifi tufayli muntazam ravişda noqulayliklarga duç kelişini aytadi. Bu restoranlarda stollarni band qiliş, mijozlarga qönğiroq qiliş va ommaviy çiqişlarga taalluqli.
Dunyoga maşhur 41 yoşli Mark Tsukerberg - amerikalik media magnat, internet tadbirkori va xayriyaçi. Meta kompaniyasining (Facebook va Instagram egasi) hammuassisi sifatida tanilgan va uning raisi, boş ijroçi direktori va nazorat qiluvçi aksiyadori hisoblanadi.








