Boşqaruv raisi Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida joylaşgan Şörtan gaz kimyo majmuasida avariya oqibatida talafot yetgan barça texnologik qurilmalarning hozirgi holatini mutaxassislar iştirokida örgandi.

Jumladan, majmuadagi mavjud piroliz peçlaridan ikkitasining radiant quvurlari yaroqsiz holatga kelganligi va işdan çiqqan uglevodorodlarni gidrogenlaş katalizatori holati bilan joyida tanişdi. Ta’kidlaş kerakki, uşbu piroliz peçlarining yuqori haroratga çidamli maxsus radiant quvurlari majmuada etilen işlab çiqariş sexining asosiy texnik resurslaridan hisoblanadi.

Işlab çiqariş texnologik jarayonlarida yuzaga kelgan uzilişlarni bartaraf etiş, yaroqsiz holatga kelgan quvur va kimyoviy reagentlarni tezkorlik bilan majmuaga yetkazib keliş, majmuada tölaqonli faoliyat olib borilişini ta’minlaş, yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyaviy holatlarning oldini oliş, işlab çiqariş jarayonini uzluksiz hamda talafotsiz davom ettirişni ta’minlaş maqsadida Şörtan gaz kimyo majmuasi rahbari Şuhrat Aslanov va mas’ul mutaxassislarga topşiriqlar berildi.

Şuningdek, Boşqaruv raisi tomonidan texnologik jarayonlardagi mavjud muammolarga qaramay, ularni qisqa muddatda bartaraf etib, 2022 yilda bajarilişi belgilangan körsatkiçlarning amalga oşirilişiga salbiy ta’sir körsatmasligini ta’minlaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.

Işning sifatli taşkil etilişi hamda çora-tadbirlarning belgilangan muddatda bajarilişi uçun majmua direktori, örinbosarlar va mutaxassislar bilan alohida muhokama ötkazilib, vazifalar belgilab berildi.

Zarar yetgan qurilmalar uçun zarur ehtiyot qismlarni keltiriş, tezkor ta’mirlaş işlarini olib boriş hamda mutaxassislarning iş jarayonini muntazam ravişda nazorat qilişlarini ta’minlaş, majmua işçi-xodimlarining işlaş şaroitini yanada yaxşilaş, ularning malakasini oşiriş borasidagi işlarni muntazam taşkil qiliş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.

Boşqaruv raisi majmuaga taşrifi davomida, qurilma, uskunalarni ta’mirlaş işlarining tizimli va öz vaqtida töğri markazlaştirilgan holda taşkillaştirilganligi hamda işçi-xodimlarning öz vazifalariga mas’uliyat bilan yondaşib mehnat qilayotganliklarini e’tirof etdi.

Eslatib ötamiz, Şörtan gaz kimyo majmuasida ötgan yil davomida 4,174 milliard kub metr (rejaga nisbatan 100,4 foiz) tabiiy gaz xomaşyosi çuqur qayta işlandi. Natijada, 135,2 ming tonna (rejaga nisbatan 104 foiz) polietilen, 117,5 ming tonna (rejaga nisbatan 100,04 foiz) suyultirilgan gaz, 3,53 milliard kub metr (rejaga nisbatan 101 foiz) tovar gazi, 103,6 ming tonna (rejaga nisbatan 109 foiz) gaz kondensati, 1053 tonna (rejaga nisbatan 105,3 foiz) oltingugurt mahsulotlari işlab çiqarildi. Eksport körsatkiçlari esa, 5,599 million dollarni taşkil etdi va rejaga nisbatan 119,6 foizga bajarildi.

                                    “Özbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ