Rossiya Ukraina hududiga keng kölamli hujum uyuştirsa ukrain harbiylarining yöqotişi 5 mingdan 25 minggaçani taşkil etişi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi AQŞdagi ikki anonim rasmiyga asoslanib xabar berdi.

Amerikalik amaldorlarning baholariga köra, tinç aholi orasidagi yöqotişlar 25 ming va 50 ming örtasida bölişi, rossiyalik harbiylarning yöqotişlari — 3 mingdan 10 minggaça yetişi mumkin. Şu tariqa, AQŞdagilar fikriça, rossiyaliklar bosqini röy bergudek bölsa, qurbonlar soni — 85 mingni taşkil etişi mumkin.

Vaşingtondagilar harbiy harakatlar millionlab qoçqinlar Yevropaning boşqa davlatlaridan boşpana izlaşga majbur bölişiga olib kelişini ham e’tiborga olmoqda.

Bundan taşqari, agentlik agar Moskva harbiylarini Kiyevga yönaltirsa, poytaxt «bir neça kun içida» qulaşi mumkinligi haqida yozgan.

Reuters manbasi Vaşington baholariga köra, Rossiya Ukrainaga bostirib kirişi uçun zarur bölgan kuçlarning 70 foizini çegaraga olib kelib bölgan. Manba ma’lumotiga köra, sönggi ikki hafta davomida çegara hududida taktik guruhlar 60dan 83taga yetgan (juma holatiga köra), yana 14 guruh yölda kelmoqda. Şu bilan birga, agentlik öz suhbatdoşlari ularning baholarini tasdiqlaydigan birorta dalil keltirmaganini qayd etgan.

Ular 15 fevralga borib Ukraina tuproği muzlaşi va bu rossiyaliklar armiyasidagi mexanizatsiyalaşgan bölinmalar yölsiz hududlarda qiyinçiliksiz harakatlanişiga imkon berişini aytib ötişgan. Bunday ob-havo şaroiti mart oyi oxiriga qadar saqlanib qoladi.

«Bu grafik, şuningdek Ukraina çegarasi yaqinida Rossiya qurolli kuçlari soni oşib borayotgani diplomatiya oynasi yopilganidan darak bölişi mumkin», — deya yozadi Reuters.

Agentlik manbasi ma’lumotiga köra, Vaşingtondagilar Rossiya keng kölamli bosqindan boşqa variantlarni ham tanlaşi mumkinligini taxmin qilişgan, ularning hisoblaşiça, prezident Vladimir Putin hali yakuniy qarorni qabul qilmagan.