Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Samarqand viloyati Nurobod tumani Sepki qişloğidan yöllandi. Unda yozilişiça, Nurobod tuman yöllardan foydalaniş korxonasi 5 fevral kuni qişloqdagi yölni asfalt qilgan.

Ammo yölsozlar sifati juda past bölgan asfalt işlatişgan. Bundan taşqari asfalt standartlarda belgilanganidan yupqa yotqizilgan.

Kun.uz holat yuzasidan Nurobod tuman yöllardan foydalaniş korxonasi boşliği Ma’ruf Rayimşukurovdan izoh oldi. Uning aytişiça, «Buloqboşi» MFYga qaraşli Sepki qişloğida keça, 5 fevral kuni tunda asfalt yotqizilgan.

Asfaltni yotqiziş paytida e’tiborsizlik bilan xatoga yöl qöyilgan. Havolar biroz isişi bilan agar qöşimça mablağ ajratilsa, yöl qöyilgan kamçiliklar bartaraf etiladi.

Murojaatçilar yöllagan videoda ham yölga sifatsiz asfalt, buning ustiga juda yupqa qilib yotqizilgani körinib turibdi. Ammo Ma’ruf Rayimqulov keça tunda jami 470 metr yöl ta’mirlangani va uning ayrim joylariga yotqizilgan asfalt yupqa bölib qolgani, qolgan joylari standart böyiça qilinganini bildirdi.

Samarqand viloyat yöllardan foydalaniş boşqarmasi boşliği örinbosari Akbar Mirzayevning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, yöllarga standart böyiça 5 santimetrdan kam bölmagan asfalt yotqizilişi kerak. «Faqat piyodalar yölakçasi va şunga öxşaş avtomobillar harakatlanmaydigan joylarga 4 santimetr asfalt yotqiziladi. Yöllarga esa toifasiga qarab asfalt yotqiziladi. Bunda mahalliy yöllarga 5 santimetrdan kam bölmagan qalinlikda asfalt yotqizilişi kerak» dedi u.

Kun.uz Nurobod tumani Sepki qişloğidagi asfaltning sifati qay darajada bölgani va standartlarga amal qilingani yuzasidan tegişli taşkilotlardan izoh kutib qoladi.

Eslatib ötamiz, joriy yil 2 fevral kuni prezident ekologiya masalasida yiğiliş ötkazgan va unda Avtoyöllar qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevni mamlakatdagi yöllar çetga daraxt ekişda sustkaşlikka yöl qöyganini tanqid ostiga olgandi.