“Davlat muassasalarini isloh qilişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, bir tovar bozorida 5 ta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xöjalik jamiyatlariga özgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi.
Bundan taşqari, davlat muassasalari majburiy tartibda yagona ğazna hisobvarağida şaxsiy ğazna hisobvaraqlariga ega böladi.
2022 yil 1 apreldan oçiq ma’lumotlar portalida foydalanuvçilar uçun qulay formatlarda köriş imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvçi taşkiloti, köçmas mulk obektlari, qurilişi tugallanmagan obektlar va avtotransport vositalari, rejalaştirilgan va amalga oşirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boşqa ma’lumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki çeklangan holda tarqatiladigan ma’lumotlar mustasno) e’lon qiliş amaliyoti joriy etiladi.











