SpaceX kompaniyasi asosçisi Ilon Mask Starship kosmik kemasining yangilangan versiyasi taqdimotini ötkazdi.

Starship tizimi kosmik kema va Super Heavy taşuvçi-raketasidan iborat. Hozirda kompaniya tizimni köp marta foydalaniladigan qiliş hamda Oy va Marsga parvozlarni amalga oşiriş ustida iş olib bormoqda. 

Kema kosmosga çiqqanidan söng taşuvçi-raketa ajraladi va parvoz minorasiga qaytadi. Kelgusida tizimdan har 6-8 soatda foydalaniş mumkin böladi. 

 Maskning ta’kidlaşiça, Super Heavy taşuvçi-raketasi kosmosga uçirilgan eng yirik Saturn V raketasidan ham kuçliroq. Hozirda raketa 29ta dvigatelga ega, kelajakda dvigatellar soni 33ta bölişi mumkin.

Qayd etilişiça, ikki-uç yil içida Starship parvozi qiymati 10 mln dollardan arzonroqqa tuşadi. Falcon 9 raketasining parvozi 60 mln dollar atrofida.