RF Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Dmitriy Medvedevga köra, 2021 yilda Rossiyaga muhojirlar oqimi 2020 yilga nisbatan uçdan bir qismga köpaygan. Bu haqda u migrantlarning integratsiyalaşuvi va moslaşuvi böyiça qöşimça çora-tadbirlarga bağişlangan yiğilişda aytib ötgan.

“Bir qator mamlakatlarda epidemiologik çora-tadbirlar yumşatilgani bois qöşni mamlakatlardan keladigan migrantlar oqimi 1/3 barobarga köpaydi. Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, bugungi kunda Rossiyadagi eng yirik diasporalar soni 1 milliondan 5 million kişigaça. Ular, asosan, Markaziy Osiyo davlatlaridan kelganlar”, degan Medvedev.

Uning qöşimça qilişiça, muhojirlar ziç yaşaydigan hududlarda etnik anklavlar paydo bölişi xavfi bor.

“Bu global muammo va bizda ham mavjud. Davlat içida öz qonunlari va ğoyalari bilan yaşaydigan, eng muhimi, mamlakatimizdagi qonunlarni mensimaydigan “kiçik davlatlar”ning paydo böliş xavfi. Tegişli nazoratsiz bu hududlar ekstremistik va terroristik tuyğularning paydo bölişi hamda jinoyat öçoqlariga aylanişi mumkin”, degan Xavfsizlik kengaşi mulozimi.

Medvedovning e’tibor qaratişiça, köpçilik muhojirlar rus tilini yaxşi bilişmaydi va bu ularning adaptatsiyasiga salbiy ta’sir qilmoqda.

“Köpçilik muhojirlar rus tilini yaxşi bilişmaydi. Men katta yoşdagilarni nazarda tutyapman. Ularning izolyatsiyada yaşaşi sabablaridan biri ham şu. Bu muammoni mamlakatimizdagi şaroitlardan kelib çiqqan holda hal qilişimiz kerak. Migrantlarni Rossiyadagi hayotga tezroq va samarali moslaştiriş maqsadida rus tili, Rossiya tarixi va qonunlari böyiça majburiy imtihon joriy etiladi. Imtihon natijalari patent va yaşaş uçun ruxsatnoma olişda muhim hisoblanadi.

Albatta, öziga xos filtr bölişi kerakki, bu birinçi navbatda qonunga böysunuvçi va yetarli darajada ma’lumotga ega, madaniyatimiz, urf-odatlarimizni anglaşga tayyor, bu yerda çinakam yaşaş va işlaşni xohlovçilar uçun imkoniyat yaratişi kerak”, degan u.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF Xavfsizlik kengaşining davlat migratsiya siyosatini takomillaştiriş böyiça idoralararo komissiyasini tuziş töğrisida farmon imzolagandi. Idoralararo komissiyani Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari boşqaradi.

Qayd etilişiça, komissiya migratsiya sohasida davlatning milliy xavfsizligini ta’minlaş va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş manfaatlaridan kelib çiqqan holda migratsiya jarayonlarini tartibga soliş böyiça vazifalarni bajariş maqsadida tuzilgan.

Eslatib ötamiz, bir neça kun oldin Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin muhojirlar iştirokidagi jinoyatlar köpayayotganini sabab qilib, muhojirlarning qonuniy işlaşini qiyinlaştiradigan takliflarni ilgari surgandi.