Rossiya migratsiya qonunchiligini kuchaytirmoqchi. Bu jinoyatlar soni ko‘payishi bilan izohlanmoqda
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin migratsiya qonunchiligini kuchaytirishni taklif qildi. U Rossiya prezidentiga maktub yo‘llab, Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ustidan shikoyat qilgan.
Aleksandr Bastrikinning fikricha, rossiyaliklar muhojirlardan jiddiy xavotirda. Bu haqda Baza telegram kanali xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, dekabr oyi oxirida Tergov qo‘mitasi raisi prezidentga muhojirlar jinoyati haqida ma’lumot beruvchi maktub yo‘llagan. Aleksandr Bastrikin «vaziyatni keskinlashtirgan» agressiv mehnat muhojirlari haqida gapirgan.
Bastrikinning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilning 11 oyi davomida migrantlar tomonidan 33,5 mingta jinoyat sodir etilgan. Ular orasida rossiyalik bosh tergovchi Viborgdagi voqeani alohida ta’kidladi - bunda olti nafar o‘zbekistonlik ikki politsiyachini qattiq kaltaklagan.
Bundan tashqari, Tergov qo‘mitasi rahbari Putinga jamiyatdagi kayfiyat haqida yozgan – fuqarolar, uning so‘zlariga ko‘ra, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini «monopoliyaga olgan» muhojirlardan «jiddiy xavotirda». Biznes vakillari ham quruq qolmadi: Bastrikin prezidentga ular muhojirlarning hozirgi «deyarli qullik» holatidan manfaatdor ekanini aytgan.
Tergov qo‘mitasi rahbari migratsiya qonunchiligini kuchaytirishni taklif qildi: masalan, ish beruvchilarga migrantlarni uy-joy bilan ta’minlash va transport xarajatlarini to‘lash majburiyatini yuklash, kelgan xorijliklarni genom bo‘yicha ro‘yxatga olishni joriy etish va yirik shaharlarda «aholi etnik-madaniy muvozanatini saqlash» choralarini ko‘rish, shuningdek, ijtimoiy keskinlikni kamaytirish maqsadida mehnat muhojirlarini Rossiya fuqarolari bilan almashtirish.
Mavzuga oid
23:25 / 22.12.2024
Rossiyada safar sumkasi ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi
00:36 / 22.12.2024
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024