Farğona viloyati Boğdod tumanida köp qavatli uylardan birida qulflanib qolgan bola tuman FVB xodimlari tomonidan qutqarilgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, Boğdod tumani FVB navbatçilik qismiga soat 9:34da Ma’rifat köçasi xonadonlarining birida yolğiz bola qulflanib qolgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Foto: FVB axborot xizmati

Ma’lum bölişiça, ona qöşninikiga çiqib ketgan paytda bola özi bilmagan holda eşikni içkaridan qulflab qöygan. Xonadon içkarisida telefoni qolib ketgan ona qöşni uyda işlayotgan ustalar telefonidan FVBga aloqaga çiqib yordam söragan.

Foto: FVB axborot xizmati

Tuman FVB qutqaruvçilari aytilgan manzilga 9:40da yetib borgan. Maxsus asbob-anjomlar bilan fuqaro uyining oynasidan kirib bolaga yordam körsatilgan va yaqinlariga soğ-omon topşirilgan.