Qayd etilişiça, sönggi paytlarda Davlat xizmatlari markazlarida uzun navbatlar kuzatilmoqda. 

“Buning sababi örganilganda, taşrif buyuruvçilar orasida haydovçilik guvohnomasini hujjatning yangi namunadagisiga almaştiriş muddati joriy yilning 1 martiga qadar ekanligi hamda şundan keyin haydovçilik guvohnomalarini almaştirişda qayta imtihon topşiriş kerak böladi, degan notöğri ma’lumot tarqalganligi bilan boğliq ekanligi aniqlandi”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, bu ma’lumot mutlaqo örinsiz. Aholiga qulay bölişi uçun eski haydovçilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almaştiriş 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Eski haydovçilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almaştiriladi:

  • 2010 yilgaça berilgani – 2022 yil 31 martgaça;
  • 2010 – 2012 yillarda berilgani – 2022 yil 30 iyungaça;
  • 2013 – 2015 yillarda berilgani – 2022 yil 30 sentyabrgaça;
  • 2015 yildan keyin berilgani – 2022 yil 31 dekabrgaça.

Avvalroq, haydovçilikka öqitiş va guvohnoma beriş böyiça yangi tizim yaratilişi xabar qilingandi. 

Bunda, Içki işlar vazirligi avtomaktablar va imtihon markazlariga talablarni qayta körib çiqadi, ularga litsenziyalarni özi beradi, Içki işlar akademiyasi avtomaktablarning metodologiyasi, öquv dasturi, öqituvçilarning malakasi va öqitiş sifatini oşirişga javob beradi.