Boş prokuraturaning ma’lum qilişiça, 2007 yilda tuğilgan K.X. onasiga tegişli bölgan Cobalt rusumli avtomaşinada harakatlanib yurgan vaqtida özini göyoki Qibray tumani prokuraturasi xodimi sifatida taniştirib, soxta xizmat guvohnomasini körsatib yurgani haqida tezkor ma’lumot kelib tuşgan.
12 iyul kuni Boş prokuratura Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi hamda Içki işlar organlari yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Qibray tumanida ötkazilgan reyd davomida mazkur avtomaşina töxtatilgan.
Ma’lum qilinişiça, haydovçi YHXB xodimlari unga nisbatan qonuniy çora körmasligi uçun özini prokuratura xodimi sifatida taniştirib, soxta xizmat guvohnomasini körsatgan.
Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, avtomaşina jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Avtomaşina közdan keçirilganda örindiq ostidan «25 C 836 AA» davlat raqam belgisi topilgan. Hodisa joyiga çaqirilgan tezkor-tergov guruhi tomonidan fuqarodan soxta xizmat guvohnomasi va davlat raqam belgilari olib qöyilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi ikkinçi qismi «b» bandi hamda 228-moddasi uçinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boş prokuratura fuqarolarni özini davlat organlari xodimi sifatida taniştirib, turli xizmatlar evaziga pul yoki boşqa manfaat talab qiluvçi şaxslarga işonmaslikka çaqirdi. Bunday holatlarga duç kelinganda idoraning «1161» işonç telefoni orqali xabar beriş söralgan.











