«Eldor Şomurodov Jarqörğon nomli kiçik şaharçada tuğilgan. Özbekistondan «Rostov»ga köçib ötib, hozirda Joze Mourino murabbiyligidagi «Roma» klubida töp tepmoqda. Eldor atigi 26 yoşda va allaqaçon öz yurtida qahramondek köriladi», - deyiladi UYeFA rasmiy sayti taniştiruvida.
— Siz Jarqörğon şaharçasida tuğilgansiz. Bolaligingiz haqida gapirib bersangiz...
— Oilamizda juda köpçilik futbol öynagan: bobom murabbiy bölganlar, otam va amakilarim futbol öynaşgan. Şuning uçun, bolaligimdan futbolga juda ham qiziqqanman. 7 yoşligimizdayoq bolalar bilan futbol maşğuloti uçun stadionga borardik. 12-13 yoşligimda «Maş’al» akademiyasiga, qöşni viloyatga yöl olgandim. U yerda professional tarzda futbol bilan şuğullandim. Keyin «Bunyodkor»ga taklif qilişdi, şu yerda Superligada töp surişni boşlaganman.
— Birinçi qadam— «Maş’al» akademiyasida qançalik qiyin edi? Futbol oilasida tuğilganingiz qançalik yordam bergan?
— Oilam doim menga katta yordam berib kelgan. Har doim, yutkazganimda ham qöllab turişgan. Qiyin bölgandi, sababi, uydan ketganimda juda yoş bola edim. Uyimdagilarni soğinardim, lekin boşqaçasiga yaxşi futbolçi böla olmasligimni tuşunardim. Oilam doim mening intilişlarimni qöllab keldi. Men öşanda yaşagan Muborak şahri yozda sahrodagidek issiq, qişda juda sovuq bölardi. Biroq akademiya va murabbiylar yaxşi edi. Yoş futbolçilarning ösişi uçun barça şaroitlar yaratilgan bölib, sabr qilib, harakat qilişda davom etdim.
— Barça murabbiylaringiz Eldor Şomurodovning asosiy kuçi— mentaliteti, deb aytişadi. Siz öz ambitsiyalaringizni yuqori qöyasiz va közlagan maqsadingizga erişiş yölida köp işlaysiz. Yevropada öynaş orzungiz haqida aytib bersangiz...
— «Maş’al»da asosiy jamoa öyini bölayotgan paytda biz töp olib berib turardik. Men ham tezroq asosiy jamoada öynagim kelardi. Tezroq ösişni, uşbu jamoa uçun maydonga tuşişni xohlardim. Katta futbolda öynaşni boşlaganimda tuşuna boşladimki, yana ham köproq kuç bilan işlab, butunlay boşqa futbol atmosferasiga kirib boriş kerak. Uyga kelganimda doim Yevropa futbolini kuzatardik. Oilamdagilar ham Yevropada öynaşga harakat qilişim kerakligini aytişardi. Şu tariqa, menda Yevropada öynaş orzusi kuçaya boşladi. Mana Yevropada öynayapman, orzularim amalga oşdi.

— Qaysi futbolçilar kumiringiz bölgan?
— Dide Drogba va Fernando Torresning öyinlari menga juda yoqardi. Ular qatnaşadigan uçraşuvlarni doim kuzatib borardim.
— «Çelsi» muxlisimisiz?
— Avvallari «Çelsi»ga muxlislik qilganman. Hozir faqat «Roma»ga işqibozlik qilaman.
— Özbekistonda siz tom ma’noda qahramonsiz. Yoş böla turib bunday darajaga yetiş, milliy jamoa sardori böliş siz uçun nimalarni anglatadi?
— Bu men uçun juda katta ahamiyat kasb etadi. Buni söz bilan ta’riflaş juda qiyin. Bu qadar yoş milliy jamoa sardori va uning muhim futbolçisiga aylanaman, deb öylamagandim. Hozir bizda avlodlar almaşinuvi keçmoqda. Bizdan ham yoş futbolçilar asosiy jamoada öynamoqda va men sardor sifatida ularga örnak bölişim kerak. Şuning uçun, bu juda muhim ahamiyatga ega.
— Vataningiz siz uçun qançalik muhim? Uyingizga qança vaqtda borasiz?
— Men öz vatanimni juda sevaman. Men uçun vatanim ham, Özbekiston milliy jamoasi ham juda muhim. Hozirda faqat milliy jamoaga çaqirilganimda Özbekistonga bora olaman. Yoki ta’til vaqtlarida. Qolgan vaqtda uyimga borib keliş uçun imkon bölmaydi. Albatta, Özbekiston va oilamni juda soğinaman.
— Ilyos Zeytullayevdan keyin A Seriyaga kelgan ikkinçi özbeksiz. Bundan faxrlanasizmi?
— Albatta, faxrlanaman. Bu— yoqimli hissiyot. Lekin bizda bu darajada öynay oladigan köplab futbolçilar bor. Ular ham Yevropada öynaşsa, xursand bölardim. Bu yerda butunlay boşqaça futbol öynaşadi, tezlik yuqori. Bu yerda ösişingiz uçun köp şaroitlar bor. Yevropada qança köp futbolçilarimiz bölsa, milliy jamoa uçun şunça naf.
— Italiyadan avval «Rostov»da öynagansiz. Faoliyatingizning mana şu bosqiçi haqida ham gapirib bering.
— Birinçi mavsum u qadar yaxşi ötmagandi. Moslaşiş jarayonini ötkazgandim. Rossiyada boşqaça futbol öynaşar edi— Yevropaga ança yaqin. Boş murabbiy Valeriy Karpin menga işonç bildirgan, yaxşi ruhlantirgandi. Keyin esa menda barçasi yaxşi keça boşladi.
— «Rostov»da özingizni yaxşi körsatdingiz va «Jyenoa»ga borib qöşildingiz. Rossiyadan yana bir boşqa davlatga köçib ötiş qanday keçdi?
— «Rostov»dagi sönggi mavsumim oldidan juda yaxşi öyin körsatgandim. Keyin yarim mavsum öyinim çiqmadi. Buning öziga xos sabablari bor edi. Lekin menda baribir Yevropada öynaş xohişi bor edi. Gol urmas ekansan, Yevropaga ketişing qiyin keçadi. Lekin «Jyenoa» menga işondi. Klubga buning uçun katta rahmat aytaman. Ular meni «Rostov»dan transfer qilib olişdi. Men rozi böldim— sababi bu Yevropada öynaş orzusi tomon birinçi qadamim edi. Men uçun öyin amaliyotiga ega bölişim muhim bölgan, oddiy klubdan boşlab olişim muhim edi. Birinçi yil juda qiyin böldi. Özbekiston va Rossiyada futbol mentaliteti bir-biriga öxşab ketadi. Lekin Yevropada barçasi boşqaça. Şuning uçun, dastlabki 2-3 oy oson ötmadi, lekin keyin moslaşa boşladim. Hozir bu yerda odamlar qanday öylaşini yaxşiroq bilaman.
— Madaniyatlar örtasida qanday farq bor? Bu yerda nima siz uçun yangilik böldi?
— Rossiya va Özbekistonda odamlar hafta davomida 7 kun tinimsiz işlaşadi. Bu yerda esa şanba va yakşanba kunlari heç kim işlamaydi, hamma dam oladi. Umuman boşqaça madaniyat, boşqa til. Odamlarning fikrlaşi ham turliça.
— Italiya futboli Rossiya va Özbekistondagi öyindan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
— Birinçi örinda tezlik, Yevropada futbol juda tez. Bu yerda jismoniy kuç köp narsani hal qiladi. Va albatta, bu yerdagi futbolçilar mahoratliroq.
— Yevropa darajasiga çiqiş uçun ular nima qilişi kerak?
— Avvalo, tezlikni oşirişga e’tibor qaratişlari kerak. Nafaqat harakatlarda, balki öylaşda ham. Italiyaga kelganimda osongina öynab ketaman, deb öylagan edim. Lekin dastlabki maşğulotlardan tuşundimki, barçasi men öylagandek oson emas. Himoyaçilar doim sizga öyin bermaslikka harakat qilişadi. Doimiy ravişda oyoğimga zarbalar qabul qilib olardim. Şunday qilib, jismoniy holat ustida alohida işlaş kerakligini tuşunganman.

— Qaysi xislatlar evaziga muvaffaqiyatga erişganman, deb öylaysiz?
— Qiyin savol. Öylaymanki, barçasi sabr ortidan keladi. Qaçondir juda qiyin köringanida özimga özim bu mening darajam emas, deyişim va qaytib ketişim ham mumkin edi. Lekin men sabr qildim. Barçasi yaxşi bölib ketişiga işondim. Sabr ortidan mana hozir menda barçasi joyida.
— «Roma»dek klub siz bilan şartnoma imzolamoqçi ekanini eşitganingizda nimalarni his qilgansiz?
— Tuşungandimki, mentalitetni özgartiriş kerak, har bir öyinga ğalaba uçun tuşiş şart. Bu klubda katta maqsadlarga intiliş borligini bilardim. «Roma»da kuçliroq raqobat mavjud. Har bir öyinda sen maydonga tuşişga haqli ekaningni isbotlaşing lozim.
— Mourino öz vaqtida Drogbani haqiqiy monstrga – dunyoning eng kuçli hujumçilaridan biriga aylantirgandi. U sizga qanday yordam beryapti?
— Hozirda biz köproq taktika ustida işlayapmiz. U barçasini qanday bajariş kerakligini körsatib beryapti va har bir öyinda uning körsatmalarini 100 foizga bajarişimizni talab qiladi. Albatta, köproq gol urişni ham talab qiladi.

— Allaqaçon «Roma» safida bir neçta gol urişga erişdingiz. Konferensiyalar Ligasi pley-offida urilgan debyut gol haqida nimalarni gapira olasiz?
— Bu mening «Roma» tarkibidagi ilk rasmiy uçraşuvim edi (Konferensiyalar Ligasi saralaş pley-offida, safarda «Trabzonspor»ga qarşi öyin). Öşa paytda meni zaxiraga olişga tayyorlanişayotgandi. Debyut uçraşuvda gol uriş, jamoamga Konferensiyalar Ligasida öynaş imkonini taqdim etişdan juda xursand bölgandim.
— Siz öşa golni buvingizga bağişlaganmisiz?
— Ha, öşa kuni uning tuğilgan kuni bölgandi. Uni şu tarzda tabriklaşni istagandim. U doim meni qöllab-quvvatlaydi, barça öyinlarimni kuzatib boradi. Butun oilam, buvim, ayolim öyinlarimni kuzatib borişadi.

— Uşbu mavsum uçun qanday şaxsiy va jamoaviy maqsadlaringiz bor?
— Birinçi navbatda Çempionlar ligasiga çiqişni istayman. Konferensiyalar ligasida ğalaba qozonmoqçiman. Bular – asosiy vazifalarimiz. Individual maqsadlarim doim jamoaviy yutuqlar bilan boğliq. Jamoaga ğalaba qozoniş va titullar qölga kiritişda yordam berişni istayman. Jamoa yutaverar ekan, siz ham ğalaba qozonasiz.












