Özbekistonda nogironligi bölgan şaxslar, ayniqsa, doimiy parvarişga muhtoj bolalarni parvarişlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça yangi yondaşuv joriy etilmoqda.
Moliya vazirligining xabar berişiça, 17 fevral kuni bu borada prezident farmoni qabul qilindi.
Unga köra, 2022 yilning aprel oyidan boşlab:
- nogironligi bölgan şaxslarga tayinlanadigan nafaqalarning miqdorlari birxillaştiraladi;
- doimiy parvarişga muhtoj nogironligi bölgan bolalarni parvariş qiluvçi şaxslarga yangi nafaqa joriy etiladi.
Moliya vazirligining izohlaşiça, özgarişlar nogironlik nafaqalari tayinlaş tizimidagi kamçiliklarni bartaraf etiş va ijtimoiy adolatli tizimni yaratiş maqsadida qilingan.
Birinçidan, oldingi tartibda nogironlik nafaqalari turlarining miqdorlarida keskin farqlaniş mavjud bölgan. Xususan, bolalikdan nogiron bölgan şaxslarga 622 ming söm miqdorida nafaqa tölab berilgan. Ammo, hayoti davomida nogiron bölib qolgan şaxslarga tayinlanadigan nafaqa miqdori 440 ming sömga teng bölgan.
Körinib turibdiki, bir xil guruh nogironligi bölgan şaxslar hayot davomida bir xil tösqinliklarga uçrasa-da, ularning daromad keltiruvçi faoliyatini yuritiş imkoniyatlari bir xil çeklangan va soğliği holatidan bir xil xarajatlar talab qilinsa-da, ularga har xil miqdorda nafaqa tölab kelingan.
Endilikda esa, nogiron bölib qolişi muddatidan qat’i nazar, nogironligi bölgan şaxslarga bir xil miqdorda – 622 ming sömga teng nafaqa tayinlanadi.
Dastlabki hisob-kitoblarga asosan, 49 ming nafar nogironligi bölgan şaxslar uçun nafaqa 41 foizga oşadi. Mazkur çorani amalga oşirişga 2022 yilga qöşimça 81 mlrd söm ajratiladi.
Ikkinçidan, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qoliş maqsadida nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa miqdoridan past bölgan nogironlik pensiyalari miqdori 622 ming sömgaça yetkaziladi.
Bunda, nogironlik pensiyasini oluvçi 133 ming nafar şaxsning pensiya miqdori örtaça 29 foizga oşadi. Mazkur çorani amalga oşirişga 2022 yilda qöşimça 140 mlrd söm Pensiya jamğarmasi hisobidan ajratiladi.
Uçinçidan, doimiy parvarişga muhtoj 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalarni parvariş qiluvçi ona(ota)larga minimal iste’mol xarajatlardan kam bölmagan miqdorda (500 ming söm) nogiron bola parvarişi uçun yangi nafaqa joriy etilmoqda.
Mazkur nafaqani joriy etişdan asosiy maqsad – doimiy parvarişga muhtoj nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan oila a’zosini qöllab-quvvatlaşdir. Nogironligi bölgan farzandning parvarişlayotgan onalar daromad keltiruvçi faoliyatini yuritiş imkoni bölmaydi va şundan kelib çiqib bunday oilalarning ijtimoiy xatarlarga zaifligi oşib boradi. Yangi nafaqa joriy etilişi natijasida nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan onalar kafolatlangan bazaviy daromad manbayi bilan ta’minlanadilar.
Mazkur nafaqa farmon bilan tasdiqlangan özgalar parvarişiga muhtoj 18 yoşgaça bolalarning kasalliklari röyxatidan kelib çiqib tayinlanadi. Natijada, dastlabki hisob-kitoblarga asosan, 30 mingdan oşiq nogironligi bölgan bolalarni parvariş qiluvçi onalar uçun davlat budjetidan 2022 yilda qöşimça 157 mlrd söm ajratiladi.












