Qayd etilişiça, Özbekiston Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq komissiyasining qaroriga köra sportçi Sultonbek Elmurodovdan (sport turi – yunon-rum kuraşi) 2021 yil oktabr oyida musobaqadan taşqari davrda olingan doping-sinamasidan taqiqlangan «Furosemid» moddasi aniqlangan.
Şu bois, S.Elmurodov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida közda tutilgan antidoping qoidabuzarligi uçun 2021 yil 23 dekabrdan boşlab 2025 yil 22 dekabrga qadar, 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.
«Furosemid» Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan, sababi u tanadan noqonuniy dorilar (eritropoetin, gormonlar)ni tezda çiqarib taşlaydi.
«Furosemid» izlari har yili 100 ga yaqin holatda turli sport turlari böyiça sportçilarning namunalarida topiladi. Sinxron suziş va badiiy gimnastikada modda oğirlikni nazorat qiliş uçun işlatiladi.












