Tan oliş kerak, bu safargi kuz-qiş mavsumida avvalgi yillarga nisbatan elektr ta’minotida birmunça ijobiy özgariş bölgani sezildi. Elektr uzilişidan zada bölgan fuqarolarning şikoyati avvalgi yillarga soliştirganda kamaydi.
Lekin «metan zapravka»lar bilan boğliq muammolarning öşa yerdagi navbatlar singari oxiri negadir körinmayapti...

Odamlar örganib ham qolgan: har yili havo harorati keskin sovişi oldidan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining iş vaqtiga çeklovlar joriy etiladi. Kunning keçki va tungi vaqtlarida şoxobçalar işlamaydi.
Hozirga kelib kunduz kunlari havo harorati kötarildi. Sovuq havo harorati nisbatan çekindi. Şunga qaramay vodiydagi AGTKŞlarda hali ham çeklovlar saqlanib qolmoqda.

Har yili dekabr oyi oxirigaça AGTKŞlarda uzundan-uzoq navbatlar hosil bölar, yanvar oyidan esa muammo bartaraf bölib, «zapravka»lar odatdagidek iş rejimida faoliyatini davom ettirardi. Lekin bu yilgi kuz-qiş mavsumida bunday bölmadi. Hademay bahor ham kirib keladi. Hanuz AGTKŞlarda navbat arigani yöq, çeklovlar olib taşlanmadi.
19 fevral kuni soat 15:00 lar atrofida ham Farğona şahridagi aksariyat «metan zapravka»larning eşiklari allaqaçon berkitilgandi. Kirakaşlik ortidan kun köruvçi aksariyat haydovçilar ilojsizlikdan maşinasini zapravka eşigi yoniga qöyib ketgandi. Turnaqator navbatga duç kelmaslik uçun AGTKŞ hududiga bir kun avval taşlab ketilgan maşinani şoxobçaga olib kiriş oson. Eşik oçildi degunça eng avvalo içkariga ular kirişadi. 4-5 soatlab navbat kutib asabi buzilgandan köra, taksiçilar tutgan yöl jöyali körindi.
Şoxobçalar tonggi soat 4:30-5:00 lar çamasida eşiklarini oçişi, soat 14:00 da esa berkilayotgani, maşinalarga 160-170 atmosfera bosimda gaz töldirilayotgani ma’lum böldi. Mana şu bosimda gaz töldiriş uçun ham soatlab navbatga turişga töğri keladi.

Masalaning boşqa bir tomoni. 19 fevral kuni viloyatning aksariyat tumanlarida havo harorati 13 darajagaça kötarildi. Lekin şunda ham «zapravkalar» iş soati çeklangani, işlab turgan paytda ham soatlab navbatlar hosil bölganini köriş mumkin.
Ötgan yili (yanvar oyi kirib kelişi bilan) havo harorati pasayib ketgan bölsa-da, çeklovlar joriy qilinmagan edi. Bu holat ta’minotdagi ahvol yildan yilga ortga qarab ketayotganini anglatmaydimi?
Ma’lumotlarga köra, vodiyga kiradigan bitta kompressordan xizmat qilayotgan quvurlar Namangan, Andijon, keyin Farğonaga keladi. Şu sabab Farğonada, ya’ni tizimning oxiridagi hududlarda qişda bosim past böladi.
Respublika böyiça törtta – Gazli (Qaşqadaryo viloyati), Toşkent viloyati, Xöjaobod (Andijon viloyati) va Söx (Farğona viloyati) yirik gaz omborlari mavjud.
Xöjaobod gaz ombori vodiy viloyatlarini töliq gaz bilan ta’minlab bera olişi aytiladi. Ohangaron–Pungon magistral quvuridan, ya’ni Qamçiq dovonidan ötgan quvurdan kuniga örtaça 19–20 million metr kub tabiiy gaz vodiy viloyatlaridagi iste’molçilarga berilişi ma’lum qilingan.
Har yili qiş mavsumida vodiy viloyatlaridagi «metan zapravka»larida navbati kelişini kutib sovuqda qaltirab ötirgan haydovçilar haqida bot-bot material tayyorlanadi. Bizni öylantirayotgani — masalaga daxldor vazirlik va taşkilotlar bu boradagi mavjud muammoni bartaraf qiliş uçun qanday amaliy işlar olib borayotganida. Nega ahvol yaxşilanişi örniga yildan yilga ortga qarab ketmoqda?
Sarvar Ziyayev, jurnalist











