Nega yadro quroliga e’tibor berilmoqda?
Rossiya harbiy doktrinasiga köra, mamlakat öziga va ittifoqçilariga qarşi harbiy kuç işlatilsa, yadro yoki boşqa körinişdagi qurol orqali xavf tuğdirilsa, öz yadro qurolidan foydalanişi mumkin deb hisoblaydi. Rossiya Strategik yadro kuçlari mudofaa vazirligi qoşida alohida bölinma körinişida faoliyat yuritadi va yadro triadasi deb ham yuritiladi.
2018 yil taqdim etilgan ma’lumotga köra, dunyoda rasman yadro quroliga ega 5 davlatdan biri bölgan Rossiyada 517ta yadro quroli mavjud. Xususan, mintaqalararo ballistik raketalar, suvosti kemasidan uçiriluvçi ballistik raketalar, qiruvçi samolyotdan taşlanuvçi 1420 yadro quvvatiga ega bombalar. Bir söz bilan aytganda, bular ommaviy qirğin quroli hisoblanadi.
Rossiya ixtiyorida «Satan», «Topol», «Yars» va boşqa turdagi yadro qurollari mavjud. Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan ötkazilgan maşğulotlarning aynan yadro raketalari iştirokidagi qismini Putinning özi şaxsan kuzatib bordi. Çunki tartib şunaqa: yadro qurolining har qanday körinişda işlatilişi boş qömondon iştirokida amalga oşirilişi kerak. Putin Kremlda taşkil etilgan maxsus ştabdan Aleksandr Lukaşenko bilan birga jarayonni kuzatdi.

Harbiy maşğulotlarda Rossiya harbiy kosmik kuçlari, Janubiy harbiy okrug, Strategik raketa kuçlari, Şimoliy va Qora dengiz floti iştirok etgan. Maşğulotlarda gipertovuşli aeroballistik «Kinjal» raketalari parvozi amalga oşirilgan, harbiy flotlar esa kemalar va suvosti kemalardan «Kalibr» qanotli raketasi, «Tsirkon» gipertovuşli raketasi orqali belgilangan nişonni yöq qilgan.
Astraxandagi Kapustik Yar poligonida «Iskander» yerdan uçiriluvçi raketa kompleksidan ham qanotli raketalar uçirilgan. «Plesetsk» kosmodromidan uçirilgan «Yars» mintaqalararo ballistik raketasi Kamçatkadagi «Kura» poligoniga örnatilgan şartli nişonni yöq qilgan. «Kareliya» atom suvosti kemasidan «Sineva» raketasi «Kura» poligoni tomon uçirilgan.
Kremlning ma’lumot berişiça, barça raketalar parvozi muvaffaqiyatli amalga oşirilgan, ularning barçasi belgilangan nişonlarni yöq qilgan. Rossiya mudofaa vazirligi onlayn formatda ötgan yiğilişda Vladimir Putinga ötkazilgan harbiy maşğulotlar yuzasidan hisobot berdi. Rossiya boş ştabi boşliği Gerasimovning aytişiça, maşğulotlarda e’tibor «duşmanni kafolatlangan aniqlikda yöq qiliş»ga qaratilgan.
«Qora çemodan», «qizil tugma»
Mudofaa vazirligi yadro qurollari iştirokidagi maşğulotlar bölib ötişi haqida bir kun avval xabar bergandi. Kremlda ham bu haqda anons berib, jarayonda Vladimir Putin albatta iştirok etişini ma’lum qilingandi. «Şubhasiz, bunday qurollarning sinov parvozi ham davlat rahbarining iştirokisiz amalga oşirilmaydi. «Qora çemodan», «qizil tugma» va şunga öxşagan narsalar haqida bilasiz-ku», degan Peskov Putinning jarayonda iştirok etişi haqida gapirar ekan.
Bir qadam orqaga, keyin yana oldinga
Rossiya yadro quroli Donetsk va Luganskda vaziyat keskinlaşgan, ön minglab odamlar Rossiya tomonidan mamlakatga evakuatsiya qilinayotgan vaqtda amalga oşirildi. Qiziği, biroz avval Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina çegarasida töplangan harbiylar ortga qayta boşlagani haqida xabar bergan, bu esa göyoki çegarada vaziyat yumşayotganidan nişona edi. Qrim, Kursk va Bryanskda maşğulot ötkazgan harbiylar ortga qaytgani, Belarusda ham maşğulotlar yakunlangani aytilgan. NATO esa Rossiya deeskalatsiyasiga işora beradigan heç qanday özgariş yöqligini bildirgandi.
Aynan qöşinlar qayta boşlagani haqida xabarlar fonida birdaniga Lugansk va Donetskda yaşayotganlar Ukraina tomonidan xavf bölayotganidan ogohlantirişdi, özini mustaqil deb tan olgan, Ukraina esa öz viloyati deb hisoblaydigan hudud rahbarlari Kiyev hujum qilişga tayyorlanayotgani haqida vahimali çiqişlar qilişdi. Rossiya ikki viloyatdan jami 700 ming kişini evakuatsiya qilişi, har bir qoçqinga 10 ming rubldan berişini ma’lum qildi.
Rossiya yadro quroli sinovlaridan keyin esa Ğarb Ukrainaga bosqin tobora yaqinlaşayotganidan ogohlantira boşladi. Bayden Putin Ukrainaga bostirib kirişga qaror qilib bölganini aytdi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa «Yevropa yetakçisi sifatida» yana Putinga aloqaga çiqib, Donbassdagi tinçlik borasida takliflarini berdi.
Rossiya yadro qurollarini «köz-köz qilişidan» oldinroq AQŞning xavfsizlik kafolati böyiça xatiga javob bergandi. Xatda ançadan buyon tilga olinmagan strategik raketa komplekslaridan birgalikda voz keçiş kelişuvi haqida söz boradi. Şuningdek, AQŞ Yevropadan yadro qurollarini olib ketişi kerakligi alohida ta’kidlangandi. Balki şuning uçundir Rossiya yadro qudrati qandayligini butun dunyoga körsatib qöydi. Zero, AQŞga yöllangan xatda Rossiya özining talablari befarq qoldirilayotgan bir vaqtda «boşqaça harakat qiliş va hatto harbiy-texnik çoralar körişga majbur bölişi» haqida yozilgandi.













