Davlat bojxona qömitasi axborot xizmatining xabar berişiça, DXX Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi, çegara qöşinlari hamda viloyat bojxona boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda Uzun tumanida yaşovçi 1991 yilda tuğilgan şaxs davlat çegarasini noqonuniy kesib ötib, Tojikistondan 5 kilogramm 593 gramm opiy giyohvandlik moddasini mamlakatimizga olib kelgan vaqtida qölga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Uzun tumanida yaşovçi 1986 yilda tuğilgan jinoiy şerigi hamda opiyning buyurtmaçisi hisoblangan Denov tumanida yaşovçi 1985 va 1990 yilda tuğilgan aka-ukalar uşlangan.












