Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari xodimlari hamkorligida Navoiy viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida yirik miqdordagi giyohvandlik vositasi musodara qilindi.

Ma’lum qilinişiça, Konimex tumani hududida harakatlanayotgan Cobalt rusumli avtomaşina töxtatilib, közdan keçirilgan. Tekşiruv jarayonida avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan 2002-yilda tuğilgan Qozoğiston fuqarosiga tegişli tsellofan paketdan 2 kilogramm 87 gramm «opiy» giyohvandlik vositasi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Tergovning dastlabki ma’lumotlariga köra, uşbu giyohvandlik vositasi muqaddam narkokurerlar tomonidan qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirilib, xufiya joyga yaşirib ketilgan. Qozoğistonlik fuqaro esa uni aynan şu yerdan olib ketayotgan vaqtida uşlangan.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan «qamoq» ehtiyot çorasi qöllangan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom etmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati fuqarolardan giyohvandlik vositalari muomalasi va boşqa qonunbuziliş holatlari haqida 1520 qisqa raqami orqali xabar berişlarini söradi. Idora ma’lumotiga köra, murojaat etuvçilarning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.