Bojxona qömitasining Kun.uz’ga maʼlum qilişiça, 1-oktabr kuni soat 22:30 da Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasining “Ayritom” çegara bojxona postiga Afğonistondan kirib kelgan böş yuk avtotransport vositasini bojxona körigidan ötkaziş davomida kinolog xizmat itining belgi berişi bojxona xodimlarining diqqatini tortgan.

Şundan söng Termiz tumanida istiqomat qiluvçi fuqaro boşqaruvidagi mazkur yuk avtotransport vositasi çuqurlaştirilgan bojxona nazoratidan ötkazilgan.

Nazorat tekşiruvi çoğida transport vositasi tirkamasining pol qismi tagiga 98 dona öram yaşirilganligi aniqlangan.

Bojxona postidagi inspeksion rentgen qurilmasini çalğitiş maqsadida mazkur öramlar polietilen, zarqoğoz va skotç bilan tört qavat qilib qadoqlangan.

Uşbu öramlar közdan keçirilganida 79 donasining içiga “gaşiş” va 19 donasining içiga “opiy” giyohvandlik vositasi joylangani maʼlum bölgan.

Ularning oğirligi örami bilan hisoblaganda gaşiş 42 kg 335 grammni, opiy esa  10 kg 260 grammni, jami oğirligi esa 52 kg 595 grammni taşkil etadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda va bunda asosiy eʼtibor uşbu giyohvandilk vositalarini qabul qiluvçi şaxslarni qidirişga qaratilgan.