Köhna qit’ada seşanba va çorşanba oqşomida yevrokuboklar pley-off hal qiluvçi qarama-qarşiliklari davom ettiriladi. Bu haftada ham tunni bedor ötkazişga arzirli töqnaşuvlar bor. Barçamizga yod bölib qolgan yoqimli madhiya yangraşidan avval, Çempionlar ligasi nimçorakfinal birinçi bahslar anonsi va taxminiy tarkiblari bilan taniştiramiz.
YeÇLning amaldagi ğolibi Fransiyaning amaldagi çempioniga qarşi
Fransiyaning «Lill» jamoasi öz tarixida ikkinçi marta 1/8 finalga yöllanma olib, qur’ada «Çelsi»ga duçor böldi. Çempionlar ligasining amaldagi ğolibi Premer-ligada barqarorlik körsata olmayotgandir, ammo yevroarenada barçani yer tişlatmoqda. Tomas Tuxel murabbiyligidagi London klubi bu bosqiçda Fransiyaning amaldagi çempioniga qarşi saf tortadi. «Lill» sönggi marotaba 2006/07 yilda uşbu bosqiçgaça yetib kelib, «MYu» tomonidan mağlub etilgandi. Bu safar ular Angliyaning boşqa klubi tösiğidan ötişga urinib körişadi.

Ayni damda Fransiya çempionatining 11-örindagi klubi bölib turgan «Lill» YeÇLning amaldagi ğolibini mağlub etib, sensatsiya qayd etmoqçi bölsa, eng avvalo «aristokratlar» darvozaboni Eduar Mendi darvozasini qanday işğol etiş haqida boş qotirişi kerak. Sababi senegallik golkiper joriy mavsum turnirda ötkazgan 5 öyindan 4tasida darvozasi daxlsizligini saqladi, YeÇLda esa jami 17 öyindan 13tasida (!) gol ötkazib yubormagan.
«Vilyarreal» va «Yuventus»ning ilk töqnaşuvi
«Vilyarreal» va «Yuventus» – Çempionlar ligasida bungaça hali biror marta ham özaro töqnaş kelmagan 1/8 final bosqiçidagi yagona juftlikka aylandi. «Sariq submarina» hozirga qadar öz tarixida faqat ikki marta 1/8 finalgaça yetib kelib, çorakfinalga çiqa olgan (yarimfinal yölida esa ikki marta ham «Arsenal» tösiğidan öta olmagan). 13 yillik tanaffusdan keyin YeÇL pley-off bosqiçida iştirok etayotgan Unai Emeri şogirdlari turnirda ketma-ket 8-marta nimçorakfinalda qatnaşayotgan «Yuventus» tösiğidan ötişga urinib körişadi.
«Yuventus» sönggi ikki mavsumda 1/8 finalni safardagi gol qoidasi sababli tark etgandi: 2020 yil «Lion», 2021 yilda «Portu» Turin klubini doğda qoldirgan. «Vilyarreal» bu safar 1/8 finaldan öta olgan taqdirda, «Arsenal»ga duç kelmasligiga işonç hosil qilgan bölsa, «Yuventus» ham avvalgi yillardan farqli ölaroq hisobda tenglik kuzatilsa, xavotir olişiga örin yöq – safardagi gol qoidasi bekor qilingan.
Ronaldu - «Atletiko» böyiça mutaxassis
Çempionlar ligasi pley-offlarida «Atletiko»ga uyda devorlar ham yordam bergan: 1997 yildan buyon madridliklar muxlislari qarşisidagi 14 öyinda biror marta ham mağlub bölmagan – 9 ğalaba, 5 durang. Biroq bu jamoa darvozasiga kimdir yöl topa olsa, şubhasiz bu – Kriştianu Ronaldudir. Portugaliyalik forvard faoliyati davomida «Atletiko» darvozasiga naq 25ta gol kiritgan. Şuningdek, aynan u 2014 yilgi final qöşimça bölimlarida, 2016 yilda esa finaldagi penaltilar seriyasida «Atletiko»ni mağlub etgan.

Ronalduning «Yunayted» öyinidagi ta’sirini maydonning boşqa tarafidagi David De Xeaning xizmatlari bilan taqqoslaş mumkin. Ispaniyalik darvozabon ayni damda özining sönggi yillardagi eng yaxşi sport formasiga kirgan va u aynan sobiq klubi va özi tuğilib ösgan şaharda özini yana bir marta körsatiş imkoniyatiga ega böladi.
Töpurar Alle golli seriyasini davom ettiradimi?
Ötgan hafta ötkazilgan «Inter» - «Liverpul» bahsidan taşqari, faqat yana bir juftlikda turnirning avvalgi ğoliblari duç kelgan: «Benfika» - «Ayaks». Erik ten Hag jamoasi bu mavsum «Ayaks»ning sovrinlarga ega çiqqan afsonaviy tarkibini eslatmoqda. Amsterdam klubi guruh bosqiçidagi 6 bahsda öz uslubini takrorlab, ajoyib öyinlar evaziga 6ta ğalabani qölga kiritdi.

«Ayaks» tarkibidagi ayni damdagi yetakçi – töpurar Sebasten Alledir. U YeÇL tarixida dastlabki 6 öyinida 10ta gol kiritgan birinçi futbolçiga aylandi. Şuningdek, u guruhdagi 6 turning barçasida gol kirita olgan Ronaldudan keyingi ikkinçi öyinçi böldi. Ivuarlik forvard YeÇLdagi golli seriyasini davom ettira oladimi, buni Portugaliyadagi öyinda köramiz.
YeÇL. 1/8 final. Dastlabki öyinlar.
22 fevral (seşanba)
«VILYaRReAL» - «YuVeNTUS»
TV-translatsiya: SportTV
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Pedrasa; Kapu, Lo Çelso, Parexo; Alberto Moreno, Çukvueze, Danjuma
Öynamaydi: Jyerar Moreno (muşak jarohati), Koklen (tizza jarohati), Penya (yelka sinişi)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Alberto Moreno, Parexo
«Yuventus»: Şensni; De Şilo, Danilo, de Lixt, Aleks Sandro; Kuadrado, Lokatelli, Zakariya, Rabo; Morata, Vlahoviç
Öynamaydi: Keza (tizza), Kellini (muşak şikastlanişi), Dibala (son jarohati), Rugani (son)
Söroq ostida: Bonuççi (son), Pellegrini (tizza jarohati), Bernardeski (son)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Kuadrado
«ÇeLSI» - «LILL»
TV-translatsiya: Mahalla
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
«Çelsi»: Mendi; Tyago Silva, Ryudiger, Kristensen; Aspilikueta, Jorjino, Kante, Alonso; Ziyoş, Lukaku, Pulişiç
Öynamaydi: Çiluell (tizza)
Söroq ostida: Jyeyms (son), Aspilikueta (töpiq), Hadson-Odoi (son), Maunt (töpiq)
«Lill»: Jardim; Zeki Çelik, Fonte, Botman, Gudmundsson; Vea, Andre, Şeka, Bamba; Burak Yilmaz, Devid
Söroq ostida: Lixaji (son), Renatu Sanşeş (töpiq)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Fonte, Burak Yilmaz
23 fevral (çorşanba)
«ATLeTIKO» - «MANÇeSTeR YuNAYTeD»
TV-translatsiya: SportTV
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
«Atletiko»: Oblak; Lorente, Felipe, Saviç, Reynildo; Korrea, Koke, Kondogbia, Lemar; Kunya, Suares
Öynamaydi: Vass (tizza)
Söroq ostida: Ximenes (kasallik), Grizmann (son), Karrasko (kasallik)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Joau Feliks, Kondogbia, Suares
«MYu»: De Xea; Dalot, Varan, Maguayr, Şou; Maktominey, Pogba; Reşford, Brunu Fernandeş, Sanço; Ronaldu
Söroq ostida: Bayi (töpiq), Matiç (töpiq), Kavani (jarohat)
«BeNFIKA» - «AYaKS»
TV-translatsiya: Mahalla
Öyin boşlaniş vaqti: 01:00
«Benfika»: Vlaxodimos; Lazaro, Otamendi, Vertongen, Grimaldo; Vaygl, Joau Mariu, Taarabt, Paulu Bernardu; Rafa Silva, Darvin Nunes
Öynamaydi: Seferoviç (jarohat)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Grimaldo, Joau Mariu, Otamendi, Rafa Silva, Vaygl
«Ayaks»: Pasveyer; Mazraui, Timber, Martines, Blind; Alvares, Bergxeys, Klassen; Antoni, Alle, Tadiç
Öynamaydi: Brobbi (tizza), Klayber (tizza), Stekelenburg (jarohat), Ixattaren (jismoniy holat)
Söroq ostida: Gravenberx (betob)
Ogohlantirilgan taqdirda diskvalifikatsiya: Alvares, Timber.












