Putinning «absurd spektakli»

Guardian Rossiya Xavfsizlik kengaşi yiğilişi haqiqiy ötganiga şubha bildirdi - «jonli efir»da namoyiş etilgan şoşilinç yiğilişda iştirokçilar prezident Putinga DXR va LXRni tan oliş borasida yakdil fikr bildirişdi, britan naşri esa bölib ötgan hodisalarni «absurd spektakli» deb atadi.

Yiğilişda fikrlar almaşinuvi deyarli bölmadi, tadbirning «spontanligi» (tabiiy ötgani) haqidagi da’volarni ayrim iştirokçilarning yaqindan olingan suratlari barbod qildi, bu belgilar «jonli» translatsiya aslida bir neça soat oldin s’yomka qilinganini foş etib qöydi. 

Gap şundaki, videolarda iştirokçilarning qöllaridagi soatlarda 12:10dan 14:10gaça bölgan vaqtlarni köriş mumkin edi. Mudofaa vaziri Sergey Şoyguning çiqişi vaqtida soati 12:50ni körsatayotgandi (u ikkinçi marta sahnaga çiqqanida soati 13:40 edi). Moskva meri Sergey Sobyaninning soati esa 12:10ni körsatgan. Bu esa yiğiliş «translatsiya»dan beş soat oldin bölgani, efirga esa Vaşingtonda iş kuni boşlangan vaqtda berilganini körsatadi.

RF prezidenti matbuot xizmati

Bundan taşqari, yiğilişda aslida boş vazir Mixail Mişustindan keyin boş prokuror Igor Krasnov çiqiş qilgan, ammo efirda Krasnovning çiqişi körsatilmadi, lekin translatsiyada u sahnani tark etayotgani körinib qolgan, «translatsiya» Mişustindan keyin Taşqi razvedka xizmati direktori Sergey Narişkinning nutqi bilan davom etgan.

Yiğilişda aslida qanday gaplar bölgani heç qaçon oçiqlanmasligi mumkin. Xavfsizlik xizmati xodimlari bu haqda qayğurişgan: ular zalga örnatilgan kuzatuv kameralarini qora polietilen paketlar bilan yopib qöyişgan.

RF prezidenti matbuot xizmati

Lekin bularning barçasi rossiyaliklar prezidentiga marosim qizğin fikrlar almaşinuvi bilan keçganini ta’kidlaşiga xalal bermadi.

Bundan kelib çiqadiki, yiğiliş LXR va DXR rahbarlarining Putinga respublikalarni tan olişni sörab qilgan murojaatidan oldin ötkazilgan va ularni tan oliş haqidagi qaror bu yiğilişdan oldin qabul qilib bölingan.

Bu translatsiyadan biroz vaqt ötib Putin izçil tayyorlangan va uzun nutq bilan çiqiş qilişi esa barça qarorlar real vaqt rejimida qabul qilingani haqidagi bayonotlarni yanada işonçsiz qiladi.

«Katta ehtimol bilan, rossiyaliklar prezidentining şunçaki Ukrainaning şarqidan bir qism hududni «tişlab oliş» va özi amalda nazorat qilib kelgan uşbu hudud uçun mas’uliyatni rasman zimmasiga olişdan köra uzoqni közlagan rejalari bor», deya yozadi Guardian.

Putinning yakuniy sözlari, agar Kiyev harbiy harakatlarni töxtatmasa, Ukraina «qon tökilişi davom etişi» uçun javobgar bölişi haqida gapirişi maş’um alomatdir. «Bu şunçaki uruş e’lon qilişdek eşitildi», deya qayd etadi naşr.

Putinning «almoyi-jalmoyi nutqi»

Ğarbga prezident Putin nimani gapirişi köp hollarda yoqmasligi mumkin, ammo uning tanqidçilari ham u yaxşi nutq sözlaşini tan olişadi, deb yozadi Times tahlilçisi Mark Bennets.

Ammo keça, u rus xalqiga Rossiya Ukraina şarqidagi Kreml tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olişi haqida aytayotganida özining notiqlik qobiliyatini yöqotgandek köringan.

Naşr qariyb bir soat davom etgan tuşunarsiz nutqida rossiyaliklar rahbari ğalati tarzda tarixdan saboq beriş bilan band bölganini qayd etadi.

Keçagi nutqi uning eng yaxşi çiqişlari, masalan, 2007 yilda Myunxenda xavfsizlik böyiça xalqaro konferensiyadagi (öşanda u Rossiya AQŞning global gegemoniyasiga qarşi çiqişini ma’lum qilgandi) nutqining xiralaşgan köçirmasi bölgan.

2018 yilda u Ğarb Rossiyaning ogohlantirişlarini inkor etayotgani, şu tufayli Rossiya öz arsenalini modernizatsiya qilişini aytganida Moskva elitasi uni olqişlagandi.

Endi Putin yolğiz, deya qayd etadi Times. Amaldorlar u bilan uçraşuvdan oldin unga kovid yuqtirib qöymaslik uçun ihotalanişiga töğri kelmoqda. Pandemiyaning katta qismini u şahar taşqarisidagi qarorgohida ötkazdi. Ayrim muxolifatçilar uning ruhiy soğlomligiga şubha qilmoqda. Naşr Kremlning tanqidçisi Dmitriy Gudkovning sözlarini keltiradi: «Yaxşi psixiatr kerak. Gaagagaça [xalqaro tribunal] yoki undan keyin - bunisi oçiq qolayotgan savol».

NYT: Putin Ukraina davlatçiligini soxta deb atadi. Tarix esa buning aksini aytadi

«Tarixiy nyuanslarga qayğurmaydigan Vladimir Putin Ukrainani Leninning kaşfiyoti deb atadi, uning sözlariga köra, u yangi taşkil qilingan sovetlar davlati doirasida avtonomiya taqdim etib, xatolik bilan Ukrainaga davlatçilik bergan», deya yozadi New York Times.

Naşrning qayd etişiça, hatto SSSRning parçalanişini XX asrning eng asosiy geosiyosiy falokati deb atagan KGB sobiq zobiti me’yorlari böyiça ham tarixning bunday buzib talqin etilişi «haddan taşqari»dir.

Zamonaviy Ukrainaning bir qismi çindan ham asrlar mobaynida Rossiya imperiyasi tarkibida bölib kelgan. Ammo boşqa qismlari Avstriya-Vengriya imperiyasi, Polşa yoki Litva yurisdiksiyasida bölgan.

«Putinning Ukraina tarixan Rossiyaga tegişli bölgani haqidagi argumenti şunçaki xato», deya siyosiy risklarni baholaş böyiça konsalting kompaniyasi Eurasia Group raisi Kliff Kupçanning sözlarini keltirgan New York Times.

Putinni norozi qilgan Lenin tuzgan sovetlar hukumati alaloqibat qayta tuğilayotgan mustaqil ukrain davlatçiligini yakson etgandi.

Sovetlar boşqaruvi davrida ukrain tili maktab dasturidan çiqarib taşlangan, ukrain madaniyatiga esa faqat raqs tuşgan kazaklarning karikatura obrazlarida mavjud bölişga ruxsat berilgan.

«1991 yilda Ukrainaga mustaqillikni Moskva taqdim etmagan, balki demokratik referendum orqali sovetlar ittifoqidan çiqiş uçun ovoz bergan ukrain xalqi özi mustaqillikka erişgan», deya eslatadi New York Times.

Endilikda, 190 000 rus askari Ukrainani öroq şaklida örab turgan mahalda, Putinning Ukrainaning suveren davlat sifatida mavjudligi tarixiy xato mahsuli ekani haqidagi bayonoti qaçondir Moskvadagi hokimiyat nazoratida bölgan boşqa hududlarda ham sergaklik uyğotişi tabiiy.

«Uruş bölmasligiga umid kamaymoqda»

Daily Telegraph naşri yozişiça, prezident Putinning millatga murojaati vaqtidagi ohangi va Ukrainani xavfsizlik uçun tahdid sifatida körsatişi - uruşdan saqlaniş mumkinligiga deyarli umid qoldirmadi. Duşanba kuni u Donbassga «tinçlik saqlanişi»ni ta’minlaş uçun rossiyalik harbiylarni jönatdi.

Daily Telegraph Ğarb maxsus xizmatlari vakillaridan iqtiboslar keltirib, Rossiya harbiy bölinmalari barça yönalişlarda hujumga ötişga şay turgani haqida yozdi.

«Biz körayotgan barça alomatlar bir neça yönaliş böylab, bir neça nişonga qaratilgan keng kölamli bosqin amalga oşirilişidan darak bermoqda», degan manba.

Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson DXR va LXR tan olinişini xalqaro huquq, Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetining qöpol tarzda buzilişi deb atadi, prezident Bayden esa DXR va LXR bilan savdo qiliş, uşbu hududga investitsiya kiritişni taqiqlovçi alohida sanksiyalar joriy etdi. Seşanba kuni AQŞ Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar haqida e’lon qilişi kutilmoqda.

Ammo hozirça bu paketga Jo Bayden tomonidan Rossiyaning Ukrainaga bosqini röy bergan taqdirda qöllaşni va’da qilgan «halokatli» sanksiyalari kiriş-kirmasligi noma’lum.

Niderlandiya boş vaziri Mark Ryuttening ma’lum qilişiça, YeI ayirmaçilar hududlarini tan olganlarga qarşi qaratiladigan «çeklangan» sanksiyalar paketini kelişib olgan.

  • Ma’lumot uçun, Donbassdagi özini özi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni Rossiya ortidan faqat Kuba, Nikaragua va Venesuela davlatlari tan oldi, şuningdek, Yamandagi husiyçilar, Kavkazdagi tan olinmagan respublikalar (Janubiy Osetiya va Abxaziya) hamda Suriya bu qarorni qöllab-quvvatlagan.

Ayrim siyosatçilar eng kuçli sanksiyalarni Rossiya harbiylari çegaradan ötguniça zaxirada uşlab turiş kerakligini aytişmoqda.

Kremlning «potemkinça siyosati»

CNN’ning Jo Bayden ma’muriyatidagi manbasi Kremlning harakatlarini «potemkinça siyosat» deb atagan. «Bu potemkinça siyosat (Potemkin Politics - BBC). Prezident Putin özi yuzaga keltirgan ziddiyatni keskinlaştiriş bilan maşğul», deydi naşr suhbatdoşi.

Jurnalistlar bilan suhbatda AQŞ prezidenti ma’muriyatining yuqori martabali amaldori Ukraina şarqiga rossiyalik «tinçlikparvar» kuçlar kirişi Rossiya bosqini yuz bergan taqdirda qöllanişi közda tutilgan sanksiyalar paketi joriy etilişiga olib kelmasligini taxmin qilgan va «rossiyaliklar 2014 yildan beri şu yerda» ekanini qayd etgan.

«Şu tufayli biz ular yaqin soatlar va kunlarda nima qilişini juda diqqat bilan kuzatib boramiz va şundan kelib çiqib reaksiya qilamiz», degan amaldor. Uning sözlariga köra, «Aftidan, Rossiya endi bu mintaqada oçiqçasiga harakat boşladi va Amerikaning munosabati şunga yaraşa böladi».