Prezidentning «Sportni rivojlantiriş vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Quyidagilar tasdiqlandi: Sportni rivojlantiriş vazirligining taşkiliy tuzilmasi; Sportni rivojlantiriş vazirligi markaziy apparatining boşqaruv xodimlari çeklangan soni 76 nafar bölgan tuzilmasi.

Sportni rivojlantiriş vazirligi hamda uning hududiy bölinmalari faoliyati davlat budjeti mablağlari, vazirlikning budjetdan taşqari mablağlari hamda qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan moliyalaştiriladi. Sportni rivojlantiriş vazirligi töğrisidagi nizom tasdiqlangunga qadar, Sportni rivojlantiriş vazirligi hamda hududiy bölinmalar xodimlarining mehnatiga haq tölaş tartibi va şartlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Turizm va sport vazirligi töğrisidagi nizomga va amaldagi tartibga asosan amalga oşiriladi.

Sportni rivojlantiriş vazirligi huzurida budjetdan taşqari Sportni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil qilinadi. Turizm va sportni qöllab-quvvatlaş jamğapmasiga sport sohasidan kelib tuşgan mablağlar jamğarmaga töliq ötkaziladi.

Jamğarma mablağlarini şakllantiriş manbalari:

  • muassisi Sportni rivojlantiriş vazirligi hisoblangan korxonalar va taşkilotlar ixtiyorida soliqlar va yiğimlar tölanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
  • xususiylaştiriş töğrisidagi qarorlarga muvofiq davlat mulki obektlarini realizatsiya qilişdan tuşadigan tegişli mablağlar;
  • tizim taşkilotlarining mol-mulkini (bundan köçmas mulk mustasno) sotişdan tuşgan mablağlarning 50 foizi;
  • tizim taşkilotlarining mol-mulkini ijaraga berişdan tuşgan budjetga yönaltirilayotgan mablağlarning 50 foizi;
  • tizim taşkilotlari faoliyatini tekşiriş natijalari böyiça Sportni rivojlantiriş vazirligining içki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan davlat budjeti mablağlarining, şuningdek, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
  • tizim taşkilotlarining budjetdan taşqari jamğarmalariga tuşadigan mablağlarning 10 foizi;
  • jamğarmaning vaqtinça böş turgan mablağlarini joylaştirişdan olinadigan daromadlar va boşqalar.

Jamğarma mablağlari Sportni rivojlantiriş vazirligi va uning hududiy bölinmalari, şuningdek, tizim taşkilotlari xodimlarini qöşimça rağbatlantirişga yönaltiriladi.