Hukumat qarori bilan “Mahallalarda sport tögaraklarini taşkil etgan holda özini özi band qilgan trenerlarni sport maktabiga biriktiriş hamda ularni rağbatlantiriş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, mahallalarda sport tögaraklarini taşkil etgan holda özini özi band qilgan trenerlar ixtiyoriy ravişda har yili 20 avgustga qadar sport maktablariga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada quyidagi ma’lumotlar körsatilişi lozim:
mahallada taşkil etgan sport tögaragining manzili, sport inşootining maydoni va siğimi;
sport tögaragidagi mavjud sport turlari (tarmoqlari);
sport tögaragida şuğullanuvçi sportçilar töğrisida ma’lumotlar;
trenerlik faoliyati böyiça malaka oşirganlik haqidagi sertifikat.
Sport maktabi ariza kelib tuşgandan söng 5 iş kuni içida arizani örganib çiqib, trenerlarni sport maktabiga biriktiradi.
Bunda har bir tuman (şahar)dagi sport maktabi köpi bilan 5 nafargaça trenerni biriktiriş huquqiga ega.
Trenerlar quyidagi ijtimoiy buyurtmani bajariş şarti bilan sport maktabi treneri uçun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorida har oy rağbatlantirib boriladi:
vakolatli organ tomonidan belgilangan miqdor va me’yorlar asosida sportçilarni tayyorlaş;
“ERP sport” tizimida sportçilarni röyxatdan ötkaziş;
sportçilarning kunlik davomatini “Fase ID” tizimi orqali elektron ravişda doimiy kiritib boriş.








