Ukraina prezidenti xalqqa yangi murojaat bilan çiqdi. U Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlari natijasida 137 kişi halok bölgani va 316 kişi yaralangani haqida gapirdi. Video Zelenskiyning instagramiga joylaştirildi.
Ukraina prezidentining sözlariga köra, qurbonlar orasida Zmeiniy orolining barça çegaraçilari ham bor. Orol, mamlakat çegara xizmati ma’lumotlariga köra, Rossiya harbiylari nazoratiga ötgan. Halok bölgan çegaraçilarga «Ukraina qahramonlari» unvoni beriladi.
Zelenskiy, şuningdek, özi Rossiya harbiylari uçun «birinçi raqamli nişon» sifatida belgilanganini ta’kidladi. Biroq, u Kiyevning hukumat kvartalida qolmoqda. Prezident fuqarolarni yolğon ma’lumotlarga işonmaslik, komendantlik soatiga rioya qiliş va ehtiyot bölişga çaqirdi.
“Bizdagi ma’lumotlarga köra, duşman meni birinçi raqamli nişon qilib qöygan. Mening oilam - ikkinçi nişon”, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Zelenskiyning sözlariga köra, Ğarb yetakçilari Ukrainani qöllab-quvvatlayapti, ammo heç kim mamlakat bilan birga jang qilişga tayyor emas. Prezidentning sözlariga köra, Ukraina yolğiz qolmoqda.
“Ularning hammasi qörqyapti. Biz esa Rossiya bilan gaplaşişdan qörqmaymiz. Biz davlatimiz uçun xavfsizlik kafolatlari haqida gapirişdan qörqmaymiz. Biz neytral maqom haqida gapirişdan qörqmaymiz”, dedi Zelenskiy.













