Bugun, 25 fevral kuni Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida vazir örinbosari Temur Komilov umumta’lim tizimida 2021 yilda yöl qöyilgan moliyaviy xato va kamçiliklar haqida ma’lumot berdi.
“Vazirlikning içki audit xizmati tomonidan 2021 yil davomida ta’lim muassasalarida 91,1 mlrd sömlik moliyaviy xato-kamçiliklar aniqlandi. Şundan 27,1 mlrd sömi – jami moliyaviy xato va kamçiliklarning 30 foizi özlaştirilgani, ya’ni öğirlangani aniqlandi”, dedi XTV rasmiysi.
Örganişlar natijasida 161 ta holatda jami 76 mlrd sömlik jinoyat alomatlari borligi uçun örganiş materiallari huquqiy baho beriş va qonuniy çoralar köriş maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.
“Misol uçun, Hisob palatasi boşçiligida ötgan yili Andijon viloyati Andijon şahrida ötkazilgan tekşirişda, xodimlarning daromad soliğini Davlat budjetiga ötkazmasdan, tizimda işlamaydigan begona şaxslarning plastik kartalariga ötkaziş orqali 11,5 mlrd söm mablağ özlaştirilgani aniqlandi”, deb ma’lumot berdi Temur Komilov.












