Yangi çorak xalq ta’limi vazirligiga boşqa bir vazirlikning qöşib yuborilişi va tizimga yangi vazir tayinlanişidan keyingi boşlaniş ekani bilan ham ahamiyatli.
Kun.uz muxbiri bugun xalq ta’limi, unda öquvçilar, ota-onalar va hatto öqituvçilarning özi ham qoniqmaydigan sifatsizlik, şu sifatsizlikni qanday qilib sifatliga aylantiriş mumkinligi hamda yangi vazir endi nima qilişi kerak, degan savollar atrofida ta’lim ekspertlari: Bahodir Ğaniyev, Abdurahim Nosirov hamda Toşkentdagi “Lider” xususiy maktabi direktori Feruza Vahobova bilan intervyu ötkazdi.
Kun.uz:
— Biz yangi tuzilma, vazirlik, strategiyalarni yangilaş, rejalar haqida gapiryapmiz-u, bundan avval ham ta’limni rivojlantiriş böyiça hujjatlar juda köp qabul qilingan. Bugun ularni hisoblasak, tonna-tonnalab hujjat çiqadi.
Xöş, nega şu hujjatlar bilan islohot qilolmadik, nega ular iş bermadi. Özbekistonda qabul qilingan hujjat, qaror, qonunlar faqat vazirlik binosida qolib ketaverişi, islohotlar pastga tuşmasligining sababi nima?
Bahodir Ğaniyev:

— Bu savolning javobi faqatgina ta’lim tizimiga oid emas. Xuddi şu vaziyatni boşqa bir sohaga ögirsak ham vaziyat şunday böladi. Bir gap bor: qoğoz hamma narsani «kötaradi». Har bir qarorni çiqarişdan oldin uni amalga oşiriş mexanizmini öylaş kerak. Talab etilayotgan barça resurslar mavjud bölişi kerak. Resurslar yetarli bölsagina mexanizm işlaydi. Töğrisini aytsam, menimça, bu narsani qonun-qaror qabul qilayotganlar tuşunmaydi. Afsuski, men hamma narsa öylab qilinyapti, deya olmayman.
Hukumatda boşboşdoqlik bor. Agar prezident tomonidan imzolangan qarorlarning bittama-bitta ijrosini körib çiqadigan bölsak, yarmiga yaqini joyidan siljimagan bölib çiqadi. Masalan, prezident bir neça yil oldin vazirliklar va administratsiya qoşida ekspertlar va jamoatçilik kengaşlari tuzilişi haqida qaror çiqargan, lekin yöq, bölmadi. Yana bir misol: prezident badiiy adabiyotlarni çop etiş va sotiş tizimi yölga qöyiş kerakligi haqida gapirgan edi. 6 yil böldi, lekin bu masalada yarim qadam ham oldinga siljiş yöq. Demak, davlat rahbari berayotgan qarorlarning hammasi ham amalga oşmayapti.
Demoqçimanki, qarorlar bor, lekin mexanizmi yöq. Ta’limda ham xuddi şunday. Hozirgi holatdagi bir misolni keltirmoqçiman. Keça bölib ötgan prezident yiğilişida maktablarga ikkinçi çet tilini kiritiş va 64 ta kasbiy yönalişlarni kiritiş topşiriği böldi. Va buni şu yil sentabr oyidan amalga oşiriş aytildi. Özi «çöloq» xalq ta’limiga asosiy dastur sifatini kötarmasdan, öquv dasturlarini qayta körib çiqmasdan turib, bunday qiliş notöğri. Yangi vazirga mexanizmi yöq, qilib bölmaydigan katta yuk qöyyapmiz. 64 ta kasbni qilib bölmaydi. Endi hokimiyatlarga, tuman hokimliklariga topşiriq tuşadi, sovet tizimidagiga öxşab tumandagi korxonalarni biriktiriş boşlanadi. Heç qanday natija bölmaydi.













