UYeFA Ukrainadagi voqealar ortidan Rossiyaning yirik kompaniyasi «Gazprom» bilan hamkorlik kelişuvini bekor qilganini rasman e’lon qildi.

Taşkilot bugun, 28 fevral kungi yiğilişda «Gazprom» bilan barça turnirlardagi kelişuvi va homiylik şartnomalarini bekor qilganini ma’lum qilgan. Qaror zudlik bilan kuçga kiradi.

Şu tariqa, UYeFA «Gazprom» bilan Çempionlar ligasi, milliy jamoalar iştirokidagi saralaş bosqiç bahslari va Yevro-2024 öyinlari doirasidagi hamkorlikni töxtatdi.

Avvalroq, FIFA va UYeFA Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari sababli mamlakat milliy jamoalari hamda klublarini barça xalqaro futbol turnirlaridan çetlatganini e’lon qilgandi.

Eslatib ötamiz, UYeFA va Rossiyaning yirik energetika kompaniyasi örtasidagi şartnoma 2021 yilning may oyida uzaytirilib, unga köra Yevropa futbol ittifoqi «Gazprom» bilan hamkorlikdan yiliga 40 million yevrogaça daromad topişi aytilgandi.