Qisman tan olingan Kosovo boş vaziri Albin Kurti respublikani NATO va YeIga qabul qilişlarini söradi.
"Biz YeI va NATOga kirişni istaymiz. Agar bizni qabul qilişsa, bu Kosovo xalqi, respublika hamda butun mintaqa va dunyo uçun yaxşi böladi", - deya Kurtining sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kosovo Online portali.
Avvalroq Kosovo mudofaa vaziri Armend Mexay NATOga tezroq qabul qilişlarini va uning hududida AQŞning muntazam bazasini taşkil etişni söragandi.
Öz navbatida, Serbiya taşqi işlar vaziri Nikola Selakoviç Kosovoning NATOga qabul qilinişi Bolqon hududini beqarorlaştirişini bildirdi.
Kosovo va Metoxiya avtonom ölkasi 2008 yil fevralda Serbiyadan mustaqilligini e’lon qilgan. Kosovoni yuzdan ortiq mamlakat tan olgan, 60dan ortiq mamlakat, jumladan, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Yevroittifoqning beş davlati uning mustaqil bölişiga qarşi çiqqan.












