Ukrainadan Polşaning Katovitse aeroporti orqali 5-6 mart kunlari 440 nafar Özbekiston fuqarosi, şu jumladan, 88 nafar ayollar, 59 nafar voyaga yetmagan şaxs va 20 ta çaqaloq olib kelindi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili xabar qildi.

Qayd etilişiça, 28 fevraldan 5 martga qadar 16 ta aviareys taşkillaştirilgan. Uruş bölayotgan joylardan 3 ming 685 nafar özbekistonlik qaytarilgan. 6 martga qator reyslar amalga oşirilişi rejalaştirilgan.

Polşa hududida mamlakatning 850 dan ortiq fuqarosi qolmoqda. Ulardan 50 nafari Polşa davlat çegarasidagi töplaniş nuqtasiga, qariyb 800 nafari esa Katovitse aeroportiga joylaştirilgan.

«Özbekistonning Ukrainadagi elçixonasi vatandoşlar bilan doimiy muloqot olib bormoqda. Diplomatlar Ukrainaning turli nuqtalarida, şu jumladan, jang harakatlari davom etayotgan hududlarda bölib, fuqarolarimizni evakuatsiya qiliş işlarini amalga oşirmoqdalar», — deyiladi xabarda.