10 mart kuni Ukraina va Rossiya taşqi işlar vazirlari Dmitriy Kuleba va Sergey Lavrov Antalyadagi diplomatik forum doirasida muzokara ötkazadi. Bu uçraşuv ötkazilişi haqida Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğliga asoslangan holda Daily Sabah xabar bermoqda.
RF Turkiyada Çovuşöğli iştirokida vazirlar uçraşuvi ötkazilişi töğrisidagi ma’lumotni tasdiqlagan. Bu borada Turkiya va Rossiya prezidentlari Rajab Toyyib Erdöğan va Vladimir Putin örtasida 6 mart kuni bölib ötgan telefon muloqotida kelişib olingan.
Ukraina tomoni hozirça bu uçraşuvda qatnaşigini tasdiqlamadi.
Turkiya 4 mart kuniyoq muzokaralar ötkaziş taşabbusini bildirgandi. Keyingi kuni Kuleba Lavrov bilan uçraşuv «muzokaralar jarayonining umumiy doirasiga töğri kelsa», bunday uçraşuvdan boş tortmasligini bildirgandi.













