Vaşingtonda AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken, uning örinbosarlari Uzra Zeya va Liza Peterson, davlat kotibi yordamçisi Donald Lu, AQŞ prezidenti maslahatçisi Elizabet Şervud-Rendall, xalqaro diniy erkinlik sohasida maxsus topşiriqlar böyiça elçi Raşad Husayn hamda AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Tomas Vest bilan muzokaralar ötkazildi.

«Özbekiston böyiça kokus» a’zolari va bir guruh kongressmenlar bilan muloqot taşkil etildi.

Amerika-Özbekiston savdo palatasi, Amerika xalqaro ta’lim böyiça kengaşi, Jorj Vaşington universiteti, Tinçlik instituti, Borlout instituti rahbariyati va ekspertlari bilan ham uçraşuvlar bölib ötdi.

Ötkazilgan tadbirlarda Özbekiston-Amerika aloqalarining dolzarb masalalari va ilgari erişilgan kelişuvlar ijrosi muhokama qilindi.

«C5+1» formati doirasidagi mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan fikr almaşildi. Afğonistondagi gumanitar inqirozni bartaraf etiş böyiça hamkorlik masalalari muhokama qilindi.