“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 2021 yilda viloyatda faoliyat yuritayotgan ulgurji iste’molçilar tomonidan gazdan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq 64 ta holat aniqlangan. Buning oqibatida 7 mln metr kubdan ortiq gaz özboşimçalik bilan sarf qilinib, gaz ta’minoti korxonasiga 6 mlrd 418 mln söm zarar yetkazilgan.

Ta’kidlanişiça, gazdan noqonuniy foydalaniş bilan boğliq holatlar aholi iste’molçilari orasida ham mavjud. Ötgan yilda soha xodimlari 53 ta ana şunday holatni aniqlaşgan. Fuqarolar 38,3 mln sömlik 101 metr kubdan ortiq gazni “öğirlaşgan”. 

Uşbu noqonuniy holatlar sabab qiş mavsumining bir oyida 16 170 ta xonadonni ta’minlaşga yetadigan tabiiy gaz talon-toroj qilingan.