Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karmanada issiqxonachi 212 mln so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ishlatib yubordi
Karmana tumanidagi issiqxonada tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy tarzda ulanib olish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan Karmana tumanida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda tumanning Do‘stlik mahallasida joylashgan, tabiiy gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzilgan issiqxonada gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan qayta ulanib olish holati aniqlangan. Issiqxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 212,6 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:41 / 22.04.2026
E’zoza Karimova: “Hokim gul bilan borib, o‘qituvchilardan kechirim so‘radi”
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
16:40 / 21.02.2026
“Hokimiyat suv bermasdan, endi yerimni olib qo‘ymoqchi” - karmanalik fermer
10:17 / 19.12.2025