Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlari uçun teng raqobat muhitini yaratiş va insofli soliq tölovçilar huquqlarini himoya qilişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Soliq kodeksiga asosan transfert narxni belgilaşda soliq nazorati joriy etilgan, soliq organlari tomonidan ayrim soliq turlari böyiça bitim narxi tovarlarning bozor narxidan past yoki yuqori bölsa soliq bazasiga tuzatiş kiritiş huquqiga ega.
Soliq soliş maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlanadi.
Belgilanişiça, qaror talablari:
2022 yil 1 iyuldan boşlab, köçmas mulk obektlariga, birjada va (yoki) davlat xaridlari uçun elektron platformalarda sotiladigan tovarlarga;
2022 yil 1 oktyabrdan boşlab, raqamli identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovka qilinişi lozim bölgan tovarlarga;
2023 yil 1 fevraldan boşlab, quriliş materiallariga hamda maişiy texnikalarga;
2023 yil 1 iyuldan boşlab, barça tovar(xizmat)larga qöllaniladi.
Soliq soliş maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomga köra, hujjat qöşilgan qiymat soliği, foyda soliği va aylanmadan olinadigan soliq bazasini aniqlaş maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlaş tartibini belgilaydi.
Nizom talablari, soliq tölovçilar tomonidan aynan öxşaş yoki bir turdagi tovar (xizmatlar)larni hisob hujjatlarida aks ettirilgan (bitim, elektron hisobvaraq-faktura, onlayn çek va boşqa hisob-hujjatlari) realizatsiya qiliş narxi şunday tovar (xizmatlar)lar böyiça aniqlangan bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori bölsa, uşbu tovarlarga nisbatan qöllaniladi.
Tovar (xizmatlar)larning bozor narxi: soliq organlari axborot tizimlari ma’lumotlaridan; sotuvçilar narxnomalari (preyskurant)dagi ma’lumotlaridan; birjalar va xorijiy birjalar narxlari va kotirovkalari töğrisida ma’lumotlaridan; elektron platformalar kotirovkalari haqidagi ma’lumotlaridan (auksionlar va davlat xaridlari platformalar); taşqi savdo rasmiy statistikasi ma’lumotlaridan; axborot va narxlaş agentliklari ma’lumotlaridan; notarial idoralar ma’lumotlaridan; OAVdan olingan ma’lumotlardan; qonunda nazarda tutilgan hollarda narxlarni belgilovçi vakolatli organlar ma’lumotlaridan foydalangan holda aniqlanişi mumkin.
Tovar (xizmatlar)larning bozor narxini aniqlaşda quyidagi usullaridan foydalaniş mumkin: taqqoslaş (qiyoslaş) usuli; keyingi realizatsiya qiliş narxi usuli; xarajatlar usuli.
Agar töğridan töğri tuzilgan şartnomalar böyiça sotilgan tovarlar narxi, sotiş sanasidagi birja savdolarida aynan öxşaş yoki bir turdagi sotilgan tovarlar narxidan farq qilsa, birja savdosida sotilgan tovar narxi (kotirovka) bozor narxi deb hisoblanadi.












