NATO 14 mart kuni Norvegiyada joriy yildagi eng yirik harbiy maşğulotlarini boşladi, deb xabar berdi DW.

1 aprelgaça davom etadigan Cold Response harbiy maşğulotlarida 27 mamlakatdan 30 mingga yaqin askar, 200 samolyot va 50 kema qatnaşadi.

Maşğulotlar suvda, havoda va quruqlikda ötkaziladi.

Xabarga köra, maşğulotlar Rossiya çegarasidan bir neça yuz kilometr uzoqlikda bölib ötadi. 

Cold Response maşğulotlarida Norvegiyaga qöşni Şvetsiya va Finlandiya ham iştirok etadi.