Kun.uz muxbirining xabar berişiça, şaharning Söğdiyona dahasidagi bir qator köçalar, şuningdek, xalq tilida «Makaronka» deb ataladigan Çuqur yöli köçasi suvga tölgan.

Bundan taşqari Hazora avtoşohbekati, Registon köçasida katta miqdorda suv yiğilgan.

Şaharda yomğir yoğişi davom etmoqda. Joylarda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xodimlari navbatçilikda turib, töplanib qolayotgan suvlarni bartaraf etişmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq, kuçli yomğir tufayli M-39 xalqaro avtomobil yölining Bulunğur tumani hududidan ötgan qismida sel oqayotgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 12 mart kunidan buyon Özbekistonning aksar hududlarida yomğir yoğmoqda. Oqibatda toğli tumanlarda sel kelişi kuzatilmoqda. Jumladan, Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Nurobod, Qöşrabot tumanlarida, Jizzax viloyatining Ğallaorol, Baxmal, Zomin, Foriş tumanlarida, şuningdek, Qaşqadaryo viloyatining toğli tumanlarida sellar oqmoqda.

Ma’lumot uçun, «Özgidromet» yomğirli ob-havo 20 martgaça saqlanib turişi va 17-20 mart oraliğida Özbekistonga sovuq havo massalari kirib kelişi kutilayotganini ma’lum qilgan.