2022 yil 13 mart kuni ertalabdan Özbekistonning bir qator viloyatlarida kuçli yomğir yoğib sellar kuzatilyapti. Jumladan, Samarqand viloyatining Qöşrabot, Urgut, Samarqand va yana bir qator tumanlarida sel oqayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Şuningdek, Jizzax viloyatining Baxmal, Zomin, Foriş tumanlarida ham kuçli sellar kuzatilgan. Jumladan, Foriş tumanida oqqan kuçli sel odamlarning hovlisiga va ayrim ijtimoiy obektlarga ham kirgani aytilmoqda.

Qöşrabot tumanida esa kuçli sellar tufayli ayrim yöllar yopilib qolgani, oqibatda öşa yöllarda transport vositalari harakati töxtab qolgani xabar qilinmoqda. Şuningdek, seldan öta olmayotgan maşinalarni traktorlar pul evaziga ötkazib qöyayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Urgut tumanida ham ertalab boşlangan kuçli yomğir hanuzgaça yoğyapti. Tumandagi aksariyat soylarda, şuningdek, Urgut şahridagi ayrim köçalarda sel oqmoqda. Sel tufayli jiddiy talafotlar sodir bölmagan.




























