Ma’lum qilinişiça, 17 mart kuni taxminan soat 04:00 da Bektemir tumani Husayn Boyqaro va Bektemir köçalari çorrahasida 1959 yilda tuğilgan haydovçi «Gaz 2410» rusumli avtomaşinada harakatlanib ketayotgan bölgan.

Qayd etilişiça, haydovçi harakat vaqtida rul boşqaruvini yöqotgan hamda yöl çetidagi temir ustunga borib urilgan. 

Natijada, haydovçi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Hurmatli haydovçilar! Yöllarda harakatlanayotganda huşyor böling hamda yöl harakati qoidalariga rioya qiling. Transport vositasi texnik holatiga e’tiborli böling. Hayotingiz va soğliğingizga befarq bölmang», deyiladi IIBB xabarida.