Huawei kompaniyasi Nova 9 SE smartfoni taqdimotini ötkazdi.
Yangi gadjet Qualcomm Snapdragon 680 protsessori bilan jihozlangan. Smartfon ekrani 6,78 dyuym bölib, kadr çastotasi 90 Gs.
Asosiy kamera 108 megapikselga teng. Kamerada şuningdek, 8 Mp (keng burçakli obektiv bilan), 2 Mp (makro suratlar uçun) va 2 Mp (manzarani tahlil qiliş uçun) datçiklar mavjud.
Nova 9 SE akkumulyatori siğimi 4000 mA·s. Smartfon HarmonyOS 2.0.1 operatsion tizimida işlaydi.
Xitoyda tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 128 Gb bölgan Nova 9 SE 340 dollar deb baholanmoqda. Tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 256 Gbli versiyasi esa salgina qimmat — 370 dollar.












