Rossiya Ukraina çegarasi yaqiniga harbiylar va muhandislik texnikalarni olib kelişda davom etmoqda. Conflict Intelligence Team tahlilçilari şunday xulosaga kelişgan.

CIT xabarida yozilişiça, 17 mart kuni Rostov-Donda olingan videolardan birida tanklar ortilgan eşelonni köriş mumkin, Rossiya temiryöllari bazasi ma’lumotlariga köra, bu poyezd Primore ölkasidan kelgan. 18 mart kuni şahardan şimolda olingan yana bir videoda esa yuk maşinalari va zirhli transportlar ortilgan eşelon harakatlanadi — katta ehtimol bilan u Kavkazdan yoki Krasnodar ölkasidan yölga çiqqan.

Tahlilçilar jangovar texnikalardan taşqari muhandislik maşinalari ham taşilayotganini xabar qilişgan. Xususan, Irkutsk oblastida köplab REM-KL va MTP-A2 rusumli harbiy evakuatorlarni körişgan, bunday texnikalar buzilib qolgan yoki taşlab ketilgan texnikalarni taşişda foydalanilişi mumkin. Sankt-Peterburg şahri atrofida 18 mart kuni ponton parklari (vaqtinçalik köprikni suvda kötarib turiş uçun xizmat qiladigan tagi yassi qayiq yoki kema) ortilgan eşelonga guvoh bölişgan. 

CIT xabarida qayd etilişiça, qöşin taşlanişi intensivligi hozirda bir oy oldingiga qaraganda ança past. Tahlilçilarning baholariga köra, Rossiyada hali harakatga keltirilmagan 40tagaça batalon-taktik guruhlari bölişi mumkin, ulardagi harbiylar soni 20 mingdan oşadi. «Albatta, uşbu bölinmalarning tayyorgarligi va jangovar qobiliyati böyiça savollar böladi», — deya qayd etadi CIT.