Rossiya harbiylari 19 mart kuni Mariupoldagi  № 12 v Levoberejniy rayonida joylaşgan 12-sonli san’at maktabiga aviazarba bergan. Bu haqda şahar kengaşi matbuot xizmati xabar berdi.

Hujum vaqtida binoda 400 nafarga yaqin tinç aholi vakillari yaşiringan bölgan, ularning aksari ayollar, bolalar va keksa yoşdagi kişilardir. Mahalliy rasmiylar ma’lumotiga köra, bino vayron bölgan, xarobalar ostida odamlar qolib ketgan. Qurbonlar va jabrlanganlar soni böyiça aniq ma’lumotlar yöq.

Mariupol mart oyi boşidan buyon Rossiya armiyasi tomonidan qamal qilinmoqda. Bungaça şaharda mahalliy tuğuruqxona va tinç aholi vakillari boşpana qilgan dramatik teatr ham hujumga uçragandi.

  • BMT ma’lumotlariga köra, Ukrainada uruş boşlanganidan buyon tinç aholi vakillaridan 902 kişi halok bölib, 1459 kişi yaralanganini xabar qilgan. Şu bilan birga haqiqiy raqamlar bundan ança köp bölişi mumkinligi istisno etilmagan.
  • Mariupol şahar kengaşi esa şaharning özida tinç aholi orasida qurbonlar soni 2,3 mingdan oşganini xabar qilgan.