2022 yil 24 fevral kuni ertalab soat 4 larda Rossiya armiyasi Ukraina hududiga hujum boşlagandi. Yuriş bir vaqtning özida bir neça yönalişda: janub, şarq va şimoldan olib boriladi. Biroq, aynan janubda, ukrainlar Qrimning tor böyinlarini uşlab turiş osonroq bölib tuyulgan joyda, Rossiya hujumi eng katta muvaffaqiyatga erişadi. Nima uçun bunday bölgani haligaça ma’lum emas.

Qrim hududidan bosqin boşlanganidan bir neça soat ötgaç, Rossiya harbiy kolonnalari Xerson va Nova Kaxovkaga yetib borişga, ya’ni 60-80 km içkariga kirişga muvaffaq böladi.

Rossiya armiyasining Qrim orqali kirgan bölinmalarining bir qismi bunga parallel ravişda şarqqa hujumni rivojlantiradi, bu yönalişda 2022 yil fevral oyi oxiri – mart oyi boşida Berdyansk, Melitopol, Energodar kabi yirik şaharlar va ular yaqinidagi Zaporijjya atom elektr stansiyasini egallab olişga muvaffaq böladi. Keyin Mariupolni uzoq va qonli qamal qiliş boşlanadi, bu şahar faqat may oyi örtalariga borib egallanadi.

Uç yillik keng kölamli uruşdan söng, Ukraina janubidagi hududiy istilolar Kremlning eng katta yutuği va bu mojaroning eng sirli sahifalaridan biri bölib qolmoqda.

Janubda nega muvaffaqiyatsizlikka uçralgandi, degan savolga Ukrainaning na siyosiy, na harbiy rahbariyati töliq javob bera oladi. Bu esa afsona va taxminlarni keltirib çiqaradi. BBC ukrain xizmati şarhlovçisi Oleg Çerniş 2022 yilda Ukraina janubida sodir bölgan voqealar haqida törtta asosiy savolni ajratib oldi va ularga javob berişga harakat qildi.

Qrimdagi köpriklar minalaştirilganmidi?

Yarimorolni Ukrainaning materikdagi qismi bilan boğlovçi Qrim böyinlarida Armanskdan Perekop orqali Çaplinka va Kalançakka olib boradigan atigi ikkita avtomobil yöli va beşta asosiy köprik ötiş joyi mavjud.

Gap bevosita Çönğardagi eski va yangi avtomobil köpriklari, Sivaş daryosining ğarbroğidagi töğondagi temiryöl kesişmasi, şuningdek, Arabat strilka orqali Geniçesk tomon avtomobil va eski temiryöl köpriklarining ikki oraliq yopmasi (prolet) haqida bormoqda.

Şuningdek, Sivaş kölining sayoz körfaziga kiradigan köllar hududidagi yana bir neçta mustahkam töğonlar mavjud.

Ukraina harbiy qömondonligi ta’kidlaşiça, bosqin arafasida beşta köprikning barçasi minalaştirilgandi, Kalançak va Çaplinka yölida esa mina maydonlari 2014 yildayoq tayyorlangan.

Ukraina qurolli kuçlari Birlaşgan kuçlari sobiq qömondoni Sergey Nayevning sözlariga köra (u bu lavozimni 2020 yil martidan 2024 yil fevraligaça egallagan, hozirda frontdagi taktik guruh qömondoni), köpriklar ustma-ust zaryadlaş usuli bilan minalaştirilgan, ya’ni portlovçi moddalar yer yuzasiga örnatilgan, quruqlikdagi hududlarga esa taxminan 1500 ta mina qöyilgan.

Şu bilan birga, uning sözlariga köra, keng kölamli harbiy tajovuz şaroitida bu miqdordagi minalar yetarli emas edi.

«Umuman olganda, tajovuzni qaytariş uçun... u yerda 200 mingdan ortiq mina bölişi kerak edi», — dedi general 2025 yil 10 fevralda «Ukrainskaya pravda»ga bergan intervyusida.

Köpriklar va Perekop böynidan taşqari, Sivaş körfazidagi köplab kötarma töğonlar ham minalaştirilgan, deydi BBC muxbiriga 2017-2020 yillarda Qrim bilan çegarada bir neça bor jangovar navbatçilik qilgan dengiz piyodalari batalyoni sobiq jangçisi Leonid Gudaniç.

Uning aytişiça, bu hududda mudofaa pozitsiyalari, kuzatuv postlari tayyorlangan, portlovçi tösiqlarning sozligi, birinçi navbatda, bölinmalarni rotatsiya qiliş paytida doimiy ravişda tekşirilgan.

«Ya’ni, siz obektni qabul qilganingizda, darhol portlovçi moddalar örnatilganligi, kabellar butunligini tekşirasiz, çunki endi bu sizning mas’uliyatingizda böladi», —deb tuşuntiradi sobiq dengiz piyodasi.

U faqat bir marta minalaştiriş bilan boğliq muammo aniqlanganini eslaydi. Bu Lemuri köli va bevosita Sivaş qöltiğini ajratib turadigan Kutaran töğonida bölgandi.

«Belkurakni olib, portlovçi moddalar solingan qutilarni kovlaşga ketdik. Ba’zi qutilar böş bölib çiqdi, ba’zilarida portlovçi moddaning yarmi yetişmadi», — deydi u.

Zarur miqdordagi portlovçi moddalar qayta tiklanib, hodisa haqida Ukraina xavfsizlik xizmatiga xabar berilgan.

Gudaniç Rossiya diversiya guruhlari Qrim bilan çegaradagi portlovçi tösiqlarga zarar yetkazişga uringan bölişi mumkinligini istisno qilmaydi, ammo köp narsa Qrim böyinlarida xizmat qilgan Ukraina bölinmalarining professionalligi va huşyorligiga boğliqligini ta’kidlaydi.

«Aksilterror amaliyot (ATO) bilan taqqoslaganda, Qrim yaqinidagi jangovar navbatçilik — dam olişga öxşardi. Barça bölinmalar uşbu uçastkada xizmat qilayotganda öz vazifalariga sidqidildan yondaşganmikin?» — deya ritorik tarzda söraydi sobiq dengizçi.

Nega barça köpriklar portlatilmadi?

«Agar (Qrimdan) ötiş yöllari buzilib, dastlabki soatlar biroz boşqaça rivojlanganida, Rossiya armiyasi bunday tezlikda harakatlana olmasligi aniq edi. Bu aksioma», — deya ta’kidlagandi Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov 2023 yil avgustida.

Agar Qrimdagi köpriklar, töğonlar va ötiş joylari minalaştirilgan bölsa, nega ular portlatilmadi?

General Sergey Nayevning işontirişiça, u 2022 yil 23 fevralda barça portlovçi tösiqlarni tayyorlaş böyiça birinçi raqamli buyruqni bergan va aslida ularning ba’zilari Rossiya hujumi paytida portlatilgan.

Uning aytişiça, Çönğardagi temiryöl köprigi va Arabat yönalişidagi avtomobil köprigi portlatilgan.

Ukraina qahramoni Vitaliy Skakun öz jonini qurbon qilib, Arabatdagi köprikni portlatib yuborgandi.

Uning safdoşlari eslaşiça, ukrain jangçilari 24 fevral kuni ertalab portlatiş buyruğidan söng Geniçesk yaqinidagi köpriklarga kumulyativ zaryadlar (har birida — taxminan bir tonna portlovçi modda) bölgan ikkita tirkamani yetkazişga muvaffaq bölgan.

«Biz hammasini uladik, portlaşni bosyapmiz, lekin u portlamayapti. Biz ikkinçi, uçinçi marta urinib kördik — heç narsa çiqmadi», — deb eslaydi dengiz piyodalari jangçisi, Vitaliy Skakun bilan birga xizmat qilgan Oleksandr Tkaç 2024 yil fevral oyida bergan intervyusida.

Ular simlarni tekşirib körişadi, yana va yana urinib körişadi, lekin portlaş sodir bölmadi. Şunda Vitaliy Sakun portlatiş moslamasini qöliga olib, köprikka qarab yuguradi. Bir daqiqadan söng portlaş röy beradi, jangçi ham halok böladi.

Keyinroq ma’lum bölişiça, portlaş oqibatida köprikning faqat yarmi vayron bölgan. Bu ruslarning hujumini keçiktiradi, ammo töxtata olmaydi.

Çönğardagi temiryöl köprigi portlaşi töğrisida esa yaqinda Nayev aytgan gaplardan boşqa heç narsa ma’lum emas.

Çönğar yarimorolidagi köpriklarni portlatişi kerak bölgan dengiz piyodalari batalyoni askari Ivan Sestrivatovskiy 2023 yil iyul oyida birinçi marta jurnalistlar bilan suhbatlaşib, portlaşni amalga oşirişga uç marta uringani, simlarni ulab, qayta ulagani, ammo portlaş sodir bölmaganini aytgandi.

«Men sapyor emasman, lekin bu yerda ikkita variant bor. Yoki diversiya guruhi tuşirilgan yoki minomyotdan öqqa tutiş oqibatida simlar şikastlangan», — degandi öşanda jangçi.

Çaplinka va Kalançak trassalari yaqinidagi mina maydonlari ham iş bermaydi.

«Janub» operativ qömondonligi sobiq qömondoni Andrey Sokolov (2021-22 yillarda — «Janub» mudofaa qöşinlari qömondoni, hozirda — taktik guruh qömondoni) 2023 yildayoq rossiyaliklar artilleriya zarbalari bilan bu maydonlarni minalardan tozalay olganini, Ukraina qurolli kuçlari esa duşman hujumidan oldin töğridan-töğri böyindagi avtomobil yöllarini minalaştiriş buyruğini olmaganini taxmin qilgan.

Rossiya harbiy kolonnasi Çönğardagi ma’muriy çegarani qarşiliksiz kesib ötmoqda. 2022 yil 24 fevral tongi
Foto: State Border Guard Service of Ukraine

Ukrainalik harbiy muxbir Yuriy Butusovning aytişiça, portlaş Arabat strelkasidagi köprikdan taşqari, Kutar töğonida ham sodir bölgan: 24 fevral kuni ertalab u yerda rossiyaliklarning ikkita piyodalar jangovar maşinasi (BMP) portlagan. Uşbu portlaş haqida rasmiy ma’lumot yöq. Harbiy Leonid Gudaniçning tasdiqlaşiça, bu töğon minalaştirilgandi.

Nima uçun aksariyat hollarda böyinlarga örnatilgan portlovçi tösiqlar birinçi urinişdayoq işlamagan yoki umuman portlamagan?

General Sergey Nayev Rossiya diversiya guruhlari işlagani va simlar şikastlangani ehtimolidan taşqari, ukrain harbiylarining oğir ruhiy-hissiy holatiga ham e’tibor qaratadi. Ular öqlar yomğiri ostida portlatiş işlarini amalga oşirişiga töğri kelardi.

«Biz tuşunişimiz kerak: uruş davomidagi harbiy vazifalar darhol va 100 foizga bajarilmaydi», — deya qöşimça qildi u.

Kuçlar nisbati Rossiya armiyasi foydasiga qanday körinişda edi?

2022 yil aprel oyida Ukraina qurolli kuçlari Boş ştabi matbuot xizmati janubdagi muvaffaqiyatsizlikka izoh berarkan, bu yerdagi rus qöşinlari soni ukrainaliklardan 15 baravar köp bölganini ta’kidlagandi.

«Janub» operativ qömondonligi sobiq qömondoni Sokolov 20-25 baravar ustunlik haqida gapirardi. Uning sözlariga köra, Qrimdan Rossiya Federatsiyasining 25 ta batalyon-taktik guruhi, ya’ni 20 ming kişigaça miqdordagi qöşinlari Ukrainaga hujum qilgan.

Şu bilan birga, Qrim yönalişidagi yöllarni faqat 250 ga yaqin kişidan iborat Ukraina dengiz piyodalari batalyoni va çegaraçilarning oz sonli kuçlari himoya qilgandi. Bundan taşqari, dengiz piyodalari orasida tajribasiz yoş askarlar ham köpçilikni taşkil etardi.

Ular Qrim böyinlaridagi mudofaa pozitsiyalarida töğridan-töğri jang qilişi közda tutilmagandi, deydi BBC Ukraina xizmatiga Çönğarda keng kölamli bosqinni qarşi olgan dengiz piyodalaridan biri.

«Duşman yorib kirgan holat uçun bizda aniq körsatma bor edi: köpriklarni portlatiş va hudud içkarisidagi tayyorlangan mudofaa çegaralariga çekiniş», — deydi u.

Ularga Ukraina qurolli kuçlarining 59-motopiyodalar brigadasi yordamga kelişi kerak edi, ammo ular Oleşkovskiy qumlari yaqinidagi poligondan çiqişga ulgurmaydi — bu Qrim bilan ma’muriy çegaradan 60 km uzoqlikda. Bundan taşqari, uning eng jangovar batalyonlaridan biri butunlay himoyasi qolgan Melitopol mudofaasi uçun yuboriladi.

Nayev 2022 yilda Xerson oblasti mudofaasi bilan şuğullangan «Janub» operativ qömondonligi uçun ham mas’ul bölgan.
Foto: Ukrinform

Bunday şaroitda Ukraina qöşinlari duşman bilan faqat Dnipro daryosiga yaqin joyda, Antonov köprigi yaqinidagina ilk janglarni boşlaşga muvaffaq böladi. Biroq, öşa paytda rossiyaliklar allaqaçon Nova Kaxovkani egallab, Xersonning öng sohiliga ötib olgani hisobga olinsa, Ukraina qurolli quçlari öng qirğoqdagi hudud içkarisiga çekinişi muqarrar edi, aks holda katta kuçlar qurşovda qolgan bölardi.

Xersonning söl sohilida Rossiya bosqiniga qarşilik körsatiş uçun Ukraina qurolli kuçlarining atigi 1,5 ming askari yetarli emas edi. Ayniqsa, Rossiya bir vaqtning özida uçta yönalişda: Xerson, Novaya Kaxovka va Melitopolga hujum qilgan holatda.

Mudofaa rejasiga köra, frontning bu qismini Ukraina qurolli kuçlarining kamida törtta brigadasi, ya’ni 12-16 minggaça askar uşlab turişi kerak edi.

Ammo bu kuçlarni janubiy yönalişga jönatiş, Ukraina qömondonligi versiyasiga köra, imkonsiz edi.

Ukraina qurolli kuçlarining öşa paytdagi boş qömondoni Valeriy Zalujniyning boş maslahatçisi general Viktor Nazarov (u 2021 yil avgustidan 2024 yil fevraligaça boş qömondonning boş maslahatçisi, keyin esa maslahatçisi bölgan) yaqinda BBC bilan suhbatda öşa paytda jangovar tarkibda bölgan quruqlik qöşinlarining 24 ta brigadasidan yarmi şarqiy frontga jalb qilinganini aytgandi. Qolgan 12 ta brigadani esa Kiyev, Çernihiv, Sumi va butun janubiy yönalişni himoya qiliş uçun «soçib yuboriş»ga töğri kelgan.

Ukraina armiyasi Çönğardagi köprikka qisman zarar yetkazişga faqat 2023 yil iyunida qanotli raketalar bilan zarba beriş orqali muvaffaq böladi. Şundan söng köprik tezda tiklandi. Foto: Reuters

Boşqa tomondan, Qrimdan ötiş joyi Rossiya qöşinlari kirib kelgan frontning eng tor joyidir. Aynan şu yerda 2014 yildan beri Ukraina harbiylari va kuç tuzilmalari duşmanning uşbu yönalişdan ehtimoliy bosqinini qaytariş böyiça öqitilgan. Xususan, bu haqda «2022 yilgi jangovar xronikalar» kitobida (mualliflar — harbiy tarixçilar Andrey Xaruk va Mixaylo Jiroxov) şunday degandi:

«Rossiya qöşinlari Qrimdan Ukrainaning materik hududiga tösib qöyilişi nisbatan oson bölgan tor böğoz orqali kirib kelgandi. Oldingi yillarda Ukraina qurolli kuçlari bir neça bor tegişli maşğulotlar ötkazgan. Biroq, eng mas’uliyatli pallada Qrimdan çiqiş yöllarini blokirovka qiliş rejasi amalga oşirilmadi».

Hokimiyatda, maxsus xizmatlarda yoki armiyada xiyonat bölmaganmi?

Ayni paytda Ukraina xavfsizlik xizmatining Xerson va Qrim xizmat boşqarmalari rahbariyatida işlagan bir neça yuqori martabali sobiq xodimlari tergov qilinmoqda. Töğri, ularning heç biri «janubdagi muvaffaqiyatsizlik»da töğridan töğri ayblanmaydi.

Ukraina xavfsizlik xizmatining Qrim boşqarmasi sobiq boşliği polkovnik Oleg Kuliniç 2022 yil iyul oyida Kiyevda qölga olingan. Tergovçilar uni Rossiya maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda gumon qilişgan. U Ukraina rahbariyatidan bosqinga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotlarni yaşirganlikda ayblanmoqda. Xususan, Rossiya qöşinlari va texnikasining Qrimda töplanişi va 24 fevral kuni ertalab soat 4 ga rejalaştirilgan Rossiyaning yarimoroldan Ukrainaning materikdagi qismiga hujumini.

Kuliniç barça ayblovlarni rad etmoqda. Ayni paytda unga qarşi iş Kiyev sudi tomonidan yopiq rejimda körib çiqilmoqda. Maxsus xizmatlarning sobiq xodimi hibsga olingan.

BBC’ning maxsus xizmatlardagi manbasi ma’lum qilişiça, Kuliniç hozirça Rossiyaga ayirboşlaş töğrisidagi arizani imzolaşdan boş tortgan, biroq hukm çiqarilgandan keyin bunga rozi bölişi istisno qilinmayapti.

Kuliniç qölga olinişi. Foto: State Investigation Bureau of Ukraine

2022 yil mart oyida prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina xavfsizlik xizmatining Xerson boşqarmasi sobiq boşliği Sergey Krivoruçkoni «xoin» va «antiqahramon» deb atab, uni generallik unvonidan mahrum qilgandi.

Biroq, BBC ma’lumotlariga köra, u jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

«Unga e’lon qilinadigan heç narsa yöq, [uning] rossiyaliklarga işlagani faktlari aniqlanmadi. U aslida öşa vaziyatda şunçaki harakatsiz bölgan», — deya ta’kidlaydi BBC’ning maxsus xizmatdagi manbasi.

Ayni paytda Krivoruçko zaxiraga olingan (ya’ni u Ukraina xavfsizlik xizmatidagi harbiy xizmatdan böşatilmagan, lekin lavozimga ham tayinlanmayapti) va vazifasini bajarişdan çetlatilgan, deb xabar qilgan UXXdagilar BBC söroviga javoban.

Krivoruçko 2023 yil avgust oyida «Gromadskiy» naşriga bergan izohida har qanday huquqbuzarlikka aloqadorligini rad etgan.

Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi Igor Sadoxin bilan boğliq holat undan ham çalkaşroq.

Keng kölamli bosqin paytida u UXXning Xerson boşqarmasi qoşidagi Aksilterror markazini boşqargan. Aynan şu markaz bosqindan bir neça oy oldin Qrim bilan çegarada ötkazilgan aksilterror maşğulotlarini muvofiqlaştirgan.

OAV ma’lumotlariga köra, 2022 yil mart oyida polkovnik Sadoxin Çernovitskiy oblastida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan davlatga xiyonatda gumonlanib hibsga olingan. Bu haqda öşanda patrul politsiyasi rahbari Yevgeniy Jukov ham feysbukda yozgan edi, biroq uning posti hozirda öçirib taşlangan.

Xerson oblasti kengaşi rahbari Oleksandr Samoylenko 2022 yil iyun oyida «Ukrinform» davlat agentligiga bergan intervyusida UXXning aynan şu xodimi janubda «rossiyaliklarga mina maydonlari xaritasini bergan» bölişi mumkinligini aytdi.

«Aynan u duşmanga mina maydonlari törini bergan va Xerson xavfsizlik xizmati kolonnasini evakuatsiya qilişda kuzatib borganida Rossiya aviatsiyasi harakatlarini muvofiqlaştirgan, deb işoniladi», — dedi oblast kengaşi rahbari.

Sadoxin 2022 yil martida qölga olingan bölsa-da, qidiruvdagilar röyxatida qolmoqda. Foto: Ukraine Interior Ministry Database 

Biroq hozir polkovnik Sadoxin ozodlikda yuribdi. Har holda, IIV qidiruv bazasida u 2023 yil boşida huquq-tartibot idoralari e’tiboridan ğoyib bölgani va qidiruvga berilgani körsatilgan.

BBC söroviga javoban Xavfsizlik xizmati Sadoxin hozir qayerda ekaniga aniqlik kiritmadi, biroq idora uni çetlatib, zaxiraga olganini ma’lum qilgan. Davlat tergov byurosi (DTB) unga nisbatan «xizmat joyini özboşimçalik bilan taşlab ketiş» moddasi (Jinoyat kodeksining 407-moddasi 5-qismi) böyiça işni tergov qilmoqda. Boş razvedka boşqarmasi hozirça BBC’ning bu iş böyiça savoliga javob bermagan. Sadoxinning özi ham jamoatçilik oldida vaziyatga izoh bermadi.

Davlat tergov byurosi 2022 yil aprel oyidan beri oliy harbiy qömondonlikning Rossiyaning Qrimdan bostirib kirişi paytidagş harakatlarini ham tekşirmoqda. Harbiylarning köpriklarni minalaştiriş va Qrimdan ötiş joyidagi mudofaani tayyorlaş böyiça harakatlari örganilmoqda. Xususan, tergov harbiy rahbariyat, jumladan, general Nayev va öşa paytdagi boş qömondon, general Valeriy Zalujniyning harakatlarini körib çiqmoqda.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Yuzlab guvohlar söroq qilindi, ekspertizalar ötkazildi, lekin gumonlanuvçilar yöq.

Davlat tergov byurosi nafaqat Xerson oblasti mudofaasi muvaffaqiyatsizligini, balki bosqin boşida Rossiya qöşinlari tomonidan tezda örab olingan Mariupolning «notöğri mudofaasi»ni ham tekşirmoqda.

Bundan taşqari, BBC’ga ma’lum qilişlariça, yana bir jinoiy iş oçilgan. U Mariupolning «işonçsiz mudofaasi» böyiça.

«Şuni ma’lum qilamizki, DTB Boş tergov boşqarmasi tergovçilari körsatilgan ma’lumot sörovida keltirilgan faktlar böyiça tergovga qadar tekşiruv olib bormoqda», — deyiladi Mariupol himoyasi böyiça sörovga javobda.

Ma’lumki, Qrimdan tezda yorib kiriş tufayli Rossiya armiyasi Mariupolga ğarbiy qanotdan ança tez yaqinlaşişga va sohil böyidagi şaharga joylaştirilgan ukrain garnizonini qurşab olişga muvaffaq böldi. Mudofaa kuçlari askarlari may oyining örtalarigaça, ruslar qöliga asir tuşgunga qadar töliq qurşov holatida qarşilik körsatişiga töğri keldi.

Biroq, Boş razvedka boşqarmasi uşbu ikki jinoiy işning tafsilotlarini oşkor qilişdan boş tortdi va tergovga qadar tekşiruv sir saqlanişini ta’kidladi.

Byuro, şuningdek, Mariupol işi doirasida frontning mazkur uçastkasi uçun mas’ul bölgan general Yuriy Sodol va şahar mudofaasiga qömondonlik qilgan «Azov» brigadasi komandiri Denis Prokopenko söroq qilinganmi yoki yöqligini aytişdan boş tortdi.

Ukraina huquq-tartibot idoralari va sudlari bu işlarga yakuniy nuqta qöya olmagunça, Ukraina jamiyati Rossiya Ukraina janubini yaşin tezligida bosib olgani va haligaça uşlab turgani uçun kim aybdor degan savolga töliq va işonçli javob olişi dargumon.