Teatr va kinoaktrisasi, Özbekiston xalq artisti Maryam Ixtiyorova 82 yoşida vafot etdi. Bu ma’lumotni Muqimiy teatri aktyori Otabek Haqberdiyev va Madaniyat vazirligidagi manba Kun.uz’ga tasdiqladi.

Muqimiy nomidagi Özbekiston davlat musiqali teatri vokal artisti Maryam Ixtiyorova 1939 yilning 21 aprel kuni Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida tuğilgan. 1963 yili Toşkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. 1959 yildan buyon Muqimiy teatrida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Maryam Ixtiyorova faoliyati davomida teatrda sahnalaştirilgan 100 dan ortiq spektakllarda, jumladan, “Paranji sirlari” spektaklida Mastura satang, “Har kimki vafo qilsa, vafo qilur”da Ona, “Toşbolta oşiq”da Karomat, Risolat, “Jon qizlar”da Kunsuluv, “Devona”da Ona, “Toşkentning nozanin malikasi”da Xayri, “Almandar uylanarmiş”da Xatiça, “Muhabbat navosi”da Ona, “Oyonam-qaynonam”da Qumri, “Mehr nuri”da Norgul momo, Hojar, “Jaydari kelin”da Karima, “Otabek-Kumuş”da Özbek oyim, “Arşin mol-olon”da Jahon xola kabi obrazlarni yuksak mahorat bilan gavdalantirgan.

U teatr bilan bir qatorda kino va televideniyeda ham sermahsul ijod qilib, el-yurtning e’tiboriga tuşgan. Jumladan, aktrisaning “Vodillik kelin” (Halima), “Buvimni qaytaring”, “Zarba”, “Bomba” (Rahima), “Dev bilan pakana” (Roziya), “Er bermoq, jon bermoq” (Mastura xola), “Kelgindi kelin” (Jahon aya), “Osmon yaqin”, “Muhabbatimsan”, “Kuç birlikda” badiiy filmlarida, şunindek, “Köngil köçalari”, “Opa-singillar”, “Tutaş taqdirlar”, “Ona daryo”, “Bir kam dunyo”, “Jiblajibon” va qator teleseriallarda yaratgan rollari tomoşabinlar yodida qolgan.

U 1997 yili Özbekiston xalq artisti unvoni bilan, 2016 yili esa «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

Maryam Ixtiyorova 1963 yilda taniqli aktyor, 2021 yil noyabrida vafot etgan Baxtiyor Ixtiyorov bilan oila qurgan. Ular 35 yillik turmuşi davomida ikki öğil va qiz farzandning ota-onasi bölgan, biroq juftlik keyinçalik ajraşgan.