Özbekiston xalq artisti, «Mehnat şuhrati», «El-yurt hurmati» ordenlari hamda «Mehnat faxriysi» kökrak nişoni sohibi Baxtiyor Ixtiyorov 81 yoşida hayotdan köz yumdi. 

«Özbekkino»dagi manbaning Kun.uz’ga xabar qilişiça, Baxtiyor Ixtiyorov ança vaqtdan buyon betob bölib, töşakda yotgan. Marhumning janozasi Çilonzor köçasidagi («Özbekfilm» binosi joylaşgan köça) «Sobitxon hoji ota» masjidida asr namozi vaqtida öqiladi.

Baxtiyor Ixtiyorov 1940 yil 28 martida Buxoroda tuğilgan. 1963 yilda Ostrovskiy nomidagi Toşkent Teatr va rassomçilik institutining (hozirgi Mannon Uyğur nomidagi Toşkent Davlat san'ati instituti) musiqali drama fakultetini tamomlagan.

1956 yildan Buxoro musiqali teatrida işlagan, 1959-1976 yillarda Muqimiy nomidagi musiqali teatrida aktyor va rejissyorlik qilgan, 1980-1988 yillarda teatr boş rejissyori bölgan.

1976-1980 yillarda «Yoş gvardiya» teatri (hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi teatr)da işlagan, 1988-1991 yillarda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrida boş rejissyor bölgan, 1991 yildan şu teatrda aktyor va rejissyor sifatida işlagan.

Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida «Yor-yor», «Ajoyib xayolparast», «Ötgan kunlar», «Nodirabegim», «Yettinçi jin», «Abu Rayhon Beruniy», «Yettinçi öq», «Şum bola» kabi juda köplab filmlarda rollar ijro etiş bilan bir qatorda özbek teatr san'ati rivojiga ham munosib hissa qöşgan.

Kun.uz jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.