Ilk yutuq
Hammasi Toşkentning Xondamir mahallasidagi “Orom” gimnaziyasidan boşlanadi. Abduvoris Eski şahardan uzoqroq maktabga qatnab öqirkan, 2009 yilda Toşkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) qoşida oçilganiga köp bölmagan akademik litsey haqida eşitadi. Unga öqişga kirişga tayyorlanadi va katta raqobatda yutib çiqib, top 150talik kuçli öquvçilar safiga kiradi.
U litseyda juda köp bilim va könikma töplagani, “katta maqsadlari bor, intiluvçan, tirişqoq” tengdoşlar qurşovida ta’lim olganini faxrlanib eslaydi. Oldiga katta maqsadlar qöygan Abduvoris litseyda uçinçi kursda tahsil olarkan, parallel ravişda TXVUning “foundation” (bakalavriatning birinçi yili) bosqiçida öqiş imkoniyatini ham qölga kiritadi. Bu – juda köplar orzu qiladigan natija edi.
1-maslahat: Maqsadi bor va özingizdan bilimliroq odamlar qurşovida böling, ular sizni faqat oldinga yetaklaydi.
Biznes va IT kesişmasidagi mutaxassislik
Abduvoris Vestda BIS (Business Information Systems) – özining ta’riflaşiça, biznesni boşqariş va kompyuter ilmi örtasidagi soha – böyiça öqiy boşlaydi. Universitetdagi “egiluvçan” dars jadvallarining şukrini ado etib, ortib qolayotgan böş vaqtida yarim stavka işlar yoki stajirovkalar topiş harakatiga tuşadi.
Bir neçta joyga borib körgandan keyin, dekanat tavsiyasi bilan Özbekiston elektron hukumatni rivojlantiriş markaziga boradi. U yerdagi rahbar Abduvoris va uning döstlariga markazda işlab köriş ularga karera istiqbollari, çet elga çiqiş imkoniyatini berişini va “E-GOV – bu katta narsa” ekaniga işontira oladi.

2-maslahat: Bakalavriat paytidayoq karerani boşlaşga, öz sohangizda amaliy bilimlarga ega bölişga harakat qiling. Talabalar orasida jamoat işlarida faol böliş ham grant yutiş imkoniyatlaringizni yanada oşiradi.
Volontyorlik tajribasizlikdan yaxşiroq
Davlat taşkilotida bir talaba ölaroq işlaş deyarli daromad olib kelmaydi. Bu köproq volontyorlikka öxşaydi. Biroq Abduvorisga köra, öta har xil, ehtimol ba’zida unça jozibali bölmagan vazifalarni bajarişga töğri kelsa ham, elektron hukumat markazida u odamlar bilan muloqot qiliş, loyihalarni boşqariş kabi “soft” (umumiy) professional könikmalarni egallaydi.
Körinib turibdiki, Vestminsterda öqiydigan progressiv yigit-qizlarni jalb qiliş davlatga ham (ayniqsa, e-hukumatga öxşaş yangiça strukturalarga) kerak. Xullas, ikki tomon ham yutyapti.

3-maslahat: Grant dasturlari nomzodning kompaniyalar/taşkilotlar/odamlarga qanday yordam berganiga, rezyumedagi davlat xizmati va volontyorlik işlariga qaraydi. Bunga e’tibor bering.
Faqat bittasini seviş xatosi
Abduvoris 4-kursligida faqat bitta stipendiya dasturi, ya’ni Yaponiyadagi magistraturaga vaqt, energiya va boşqa resurslarni sarflaydi. Ammo uning javobi ijobiy bölmaydi.
4-maslahat: Bir vaqtning özida bir neçta imkoniyatga harakat qiling, biri bölmasa, boşqasi öxşaydi.
Hayotni özgartirgan “database”
Qahramonimiz uçun eng muhim ma’lumotlar ombori grantlar uçun tuzilgan Excel sheet bölsa ajab emas. U 2017 yilda Yevropa Ittifoqining elektron hukumat böyiça Pioneer grantini (scholarship) qölga kiritgan yaqin dösti va boşqa tanişlaridan farqli ravişda çet elda magistraturasini boşlay olmaydi. Ammo bu saboq bilan u Britaniyaning “Chevening”, Germaniyaning “DAAD”, Yevropa Ittifoqining ikkita Erasmus dasturiga qattiq tayyorlanib, qabul talablarini iloji boriça a’lo darajada bajarib, hujjat topşiradi.
2018 yilning yanvaridayoq Erasmus DCLead dasturi böyiça suhbat bosqiçiga ötib, grantni qölga kiritadi. Buni qarangki, şu yili u nufuzli Chevening grantini ham yutadi.

5-maslahat: Magistratura, ayniqsa grantlar uçun hujjatlar bir neça hafta/oy davomida yiğib topşiriladi, inşo/cover letter'larni bir neçta odamga öqitiş, maslahat oliş kerak. Har bir dastur uçun individual yondaşiş va sarflanadigan vaqtni töğri hisoblaş juda muhim. Bularning hammasini Excel database orqali tartiblab, nazorat qilib tursa böladi.

Zalsburg, Kopenhagen va Jyeneva orasidagi yevromagistratura
Erasmusning magistratura grantlari talabaning hamma xarajatlarini qoplaydi: boriş-keliş, turar joy, kutubxona va laboratoriyadan tortib qölga beriladigan oylik stipendiyalargaça. Ammo magistr diplomining özi Abduvoris uçun kamlik qilardi, albatta. Öqişlarda “zaçyot” uçungina öqimay, u yana Coursera, Udemy platformalarida mustaqil ravişda “data science” kurslarini örganadi. Bir semestr Avstriyaning Zalsburgida, keyin Daniyaning Kopengagenida öqiydi.
Unga professorlari tajriba töplaşni maslahat berişadi, ammo amaliyot qiliş majburiy bölmaydi. 2020 yilning boşida esa Şveytsariyaning Jyeneva şahrida joylaşgan IATA'ga (Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi) stajirovkaga qabul qilinadi.
6-maslahat: Biror sohani yaxşilab örganiş uçun odam özi mustaqil örganişi, agarçi bu dastur talabi bölmasa ham, stajirovkalar qilişi zarur. Yevropadagi barça magistratura bosqiçlari talabalarni öz ustida işlaşga yönaltirgan.

Pandemiya sabab işçilar qisqartirilişi
Kutilmaganda pandemiya boşlanişi hamma sohalar kabi, ehtimol, ularning içida eng köpi, aviatsiya sohasini larzaga keltiradi. Uşbu krizis tufayli Abduvoris jalb qilingan R&D bölimi data-tahlil böyiça loyihalarini töxtatib turişga qaror qiladi.
“Stajirovka davomida asosan COVID bilan boğliq tahlil va izlanişlar olib bordik”, deb eslaydi u. Olti oylik amaliyotdan söng mazkur taşkilotda uning avval umid berilganidek işda olib qolinişi söroq ostida qoladi. Sababi işçilarni qisqartiriş boşlangan paytda ikkilamçi bölim uçun yangi işçi olinmas edi, albatta.
Işning özi topib kelişi
Köp narsa mavhum birinçi lokdaun paytlari qahramonimiz charter reys bilan Toşkentga qaytişga qaror qiladi. Ona şahrida esa unga bir neçta joylar, xususan, Özbekistondagi progressiv kompaniyalardan biri Newmax Technologies iş taklif qiladi. Şunday qilib u Express24.uz'ning “data science” jamoasini şakllantiriş va yuritiş uçun yeng şimaradi.
Bu yerda u eski uslubda Exsel jadvallarini printerdan çiqariş amaliyotlari örniga Power BI kabi texnologiyalardan foydalanişni joriy qiladi, yana suhbat davomida u katta qiziqiş bilan aytgani, ammo biz unçalik tuşunmaganimiz texnik vazifalarni bajaradi.
Undan taşqari, öz taşabbusi bilan vebsaytda “Tavsiya qilinganlar” miniservisini işlab çiqadi va natijalar hayratlanarli darajada ijobiy çiqadi.

7-maslahat: Öz kasbingizni yaxşi körib, uni örganib, mutaxassis bölişga intiling hamda LinkedIn kabi tarmoqlarda özingiz borligingizni bildiring. Şunda siz iş qidirib ötirmaysiz, aksinça u sizni topib keladi.
Skandinaviyaga PhD uçun qaytiş
Yevropa Ittifoqining PhD uçun grant dasturida ğolib bölganidan xabar topgan Abduvoris Express24'dagi işini boşqa yana bir munosib mutaxassisga topşirib, jomadonlarini yiğiştira boşlaydi.
“Işlaş davomida tuşundimki, “data science”ni yölga qöyiş uçun avvalambor kerakli bir bosqiç – “data engineering” men uçun qiziqarli jabha ekan. Uni çuqurroq örganişni maqsad qildim”, deb tuşuntiradi u. Hozirda Abduvoris Abduvahobov Olborg Universitetida (Daniya) öqişini davom ettirmoqda.

8-maslahat: Işlab, biror işni qilib köribgina uning turli tomonlarini örganiş mumkin va vaqti kelganida odam öz hayot yölini qayta “kalibrlab” turişi – tabiiy hol.
Bonus maslahat: Umuman, qaysi sohaga qiziqar ekanman deb uzoq öylanib heç nima qilmay ötirgandan köra, heç bölmasa özingizga sal-pal yoqqan biror işni qilib köraveriş kerak. Özingizga eng yoqadigan va qölingizdan keladigan işni şunda topasiz.
Saidaziz A’zamov













