Diplom olgandan keyin bitiruvçilarni nima kutmoqda?
|12:41 / 21.08.202613 29715 min
307 nafar bitiruvçi örtasida ötkazilgan sörovnoma diplomning özi karyera boşlaş uçun yetarli emasligini körsatmoqda.Biz işga joylaşiş qaysi omillarga boğliq ekanini, nega ayrim bitiruvçilar universitetdayoq iş topayotgani, boşqalar esa uzoq vaqt iş qidirayotganini örgandik.Yirik iş beruvçilardan esa tajribasiz nomzodlarni tanlaşda qaysi jihatlarga e’tibor qaratişlari va birinçi iş uçun qaysi…
Kun.uzKun.uz
Sörovnoma iştirokçilaridan biri geologiya sohasida ta’lim olgan. Hozirda u kurer bölib işlaydi, oyiga 3 mln sömdan kam maoş oladi va öz işidan qoniqiş darajasini 10 balldan 1 ball deb baholagan.
U magistraturani bitirmoqda, ammo mutaxassisligi böyiça hozirça iş topa olmagan. Özining aytişiça, dastlabki davrda bepul işlaşga tayyorligi ham unga yordam bermagan.
Bu sörovnomadagi eng keskin misollardan biri. Biroq boşqa iştirokçilar ham şunga öxşaş muammolarni aytişgan: böş iş örinlari kam, iş beruvçilar tajriba talab qiladi, universitetdagi bilim esa doim ham amaldagi iş talablariga mos emas.
Sörovnomada qatnaşgan 307 nafar iştirokçining 146 nafari hozirda işlamoqda, biznes yuritmoqda, amaliyot ötamoqda yoki özini özi band qilgan. Yana 89 nafari esa iş qidirmoqda.
Kun.uz
Sörovnoma barça bitiruvçilar orasidagi işsizlik darajasini körsatmaydi. Iştirokçilar sörovnomada ixtiyoriy qatnaşgan, şuning uçun işga joylaşişda muammoga duç kelganlar boşqalarga nisbatan faolroq iştirok etgan bölişi mumkin. Biroq natijalar universitet va ilk iş örtasidagi tafovut qayerda yuzaga kelayotganini körsatiş imkonini beradi.
Universitet diplom beradi, lekin doim ham işga tayyorlamaydi
Iştirokçilarning yarmidan sal köproği universitet ularni haqiqiy işga qay darajada yaxşi tayyorlaganini salbiy baholagan. 42 foiz iştirokçi esa ijobiy baho bergan.
Kun.uz
Diplom işlayotgan iştirokçilarga karerasini boşlaşda yordam bergan asosiy omillardan biri bölib qolmoqda.
Muammo, ehtimol, boşqa narsada. Universitet malakani tasdiqlaydi, ammo doim ham iş beruvçi körişni kutayotgan tajriba va könikmalarni bermaydi.
Iştirokçilar erkin javoblarda rus va ingliz tillarini biliş, Excel, 1S, Power BI, SQL dasturlaridan foydalaniş, muloqot, sotuvlar, hujjatlar bilan işlaş va muzokaralar olib boriş kabi könikmalarni tilga olgan. Köpçilik bu könikmalarni mustaqil ravişda, kurslarda, amaliyot jarayonida yoki işga joylaşganidan keyin özlaştirgan.
Birinçi iş köpinça öqişni bitirgunça boşlanadi
Mavzuga oid
Eng sezilarli farq öqiş davridayoq mutaxassisligi böyiça işlay boşlaganlar va umuman işlamaganlar örtasida kuzatildi.
Mutaxassisligi böyiça iş tajribasiga ega iştirokçilarning qariyb uçdan ikki qismi hozirda işlamoqda. Öqiş davrida işlamaganlar orasida işlayotganlar uluşi uçdan bir qismdan biroz köproqni taşkil etadi.
Kun.uz
Tajribaga ega talabalar talab yuqoriroq bölgan yönalişlarda öqigan, tillarni yaxşiroq bilgan yoki köproq kasbiy aloqalarga ega bölgan.
Şunga qaramay, natijalar diplom olişdan oldin kasbga kirişiş tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini körsatmoqda.
Iştirokçilardan biri uçinçi kursda volontyorlik faoliyatini boşlaganini aytdi. Keyinçalik taşkilot unga doimiy iş taklif qilgan. Keyingi iş joyini ham u faoliyatining ilk bosqiçlarida orttirgan tajribasi va aloqalari tufayli qölga kiritgan.
Birinçi marta işga kiriş uçun tajriba talab qilinadi
Iş izlovçilar uçun asosiy tösiq mutaxassislik böyiça vakansiyalarning kamligi bölgan. Qariyb yarmi esa iş tajribasi talabiga ham duç kelmoqda.
Kun.uz
Yaqinda iqtisod yönalişini tamomlagan bitiruvçilardan biri muammoni juda oddiy ifodaladi: universitetni endigina tugatgan insondan iş tajribasini söraşadi.
Yöl qurilişi bilan boğliq yönalişni tamomlagan yana bir iştirokçi esa deyarli bir yildan beri rasmiy işga joylaşa olmayotganini yozdi. Uning aytişiça, taşkilotlar böş iş örinlari bölsa ham tajribasi yöqligi sababli işga qabul qilişdan boş tortişmoqda.
Natijada yopiq doira yuzaga keladi. Birinçi marta işga kiriş uçun tajriba kerak, ammo tajribani faqat kimdir birinçi iş örnini berişga rozi bölganidan keyingina orttiriş mumkin.
Hozir iş qidirayotgan iştirokçilarning yarmidan köpi kamida yetti oydan beri iş izlamoqda. 37 nafar iştirokçining iş qidirişi esa bir yildan ortiq vaqt davom etmoqda.
Kun.uz
Uzoq vaqt iş qidiriş har doim ham umuman takliflar yöqligini anglatmaydi. Bitiruvçilar maoşning pastligi, norasmiy işga qabul qiliş, iş joyining noqulay joylaşuvi yoki mutaxassisligiga aloqasi bölmagan iş sababli takliflarni rad etişlari mumkin.
Taniş-bilişlar universitetdan köra köproq yordam beradi
Birinçi işni topişning eng keng tarqalgan usuli taniş-bilişlar va qarindoşlar orqali işga joylaşiş bölgan. Işlayotgan iştirokçilarning deyarli har uç nafaridan biri aynan şu yöl bilan işga joylaşgan.
Kun.uz
Universitet yoki karera markazi orqali 12 kişi birinçi iş joyiga ega bölgan. Şunça iştirokçi esa iş beruvçi ular bilan öz taşabbusi orqali boğlanganini ma’lum qilgan.
Şaxsiy aloqalar har doim ham taniş-biliş orqali işga kiriş degani emas. Bu kasbiy tavsiyalar, amaliyot davrida orttirilgan tanişlar, volontyorlik loyihalari va dastlabki iş joylarida şakllangan aloqalar bölişi mumkin.
Biroq natijalar şuni körsatmoqdaki, hozirça universitetlarning kareraga yönaltiruvçi mexanizmlari şaxsiy aloqalarga qaraganda işga joylaşişga kamroq yordam bermoqda.
Karera markazini faoliyat boşlaşda yordam bergan omil sifatida 307 iştirokçidan atigi tört nafari tilga olgan. Bu bunday markazlar samarasiz işlaydi, degani emas. Bitiruvçilarning bir qismi ulardan foydalanmagan bölişi mumkin. Ammo iştirokçilarning hikoyalarida ularning roli deyarli sezilmaydi.
Hamma ham kasbini özgartirmaydi
Işlayotgan iştirokçilarning 42 foizigina hozirgi işi diplomda körsatilgan mutaxassisligi bilan töliq boğliq ekanini ma’lum qilgan.
Kun.uz
Biroq sohani butunlay özgartiriş köpçilikka xos holat bölmagan. Mutaxassisligi bilan töliq yoki qisman boğliq işlarni birgalikda hisoblasak, işlayotgan iştirokçilarning taxminan 71 foizi olgan ta’limi bilan boğliq faoliyatini saqlab qolgan.
Şuning uçun muammo faqat bitiruvçilar boşqa kasbni tanlayotganida emas. Köpinça asosiy qiyinçilik birinçi lavozimni qölga kiritiş va universitetda olgan bilimlarni iş beruvçi tan oladigan tajribaga aylantirişda namoyon böladi.
Işlaş har doim ham yuqori daromad degani emas
Daromad miqdorini körsatgan 144 nafar işlayotgan iştirokçi orasida eng köp uçragan oylik daromad 5–8 mln söm oraliğida bölgan. Aynan şu diapazon mediana qiymatini ham taşkil etgan.
Kun.uz
Iştirokçilarning daromadlari sezilarli darajada farq qiladi. Qariyb yarmi 8 mln sömdan kam daromad oladi, har beşinçi iştirokçi esa 12 mln sömdan yuqori daromadni körsatgan.
Bu natijalardan barça bitiruvçilarning örtaça iş haqini baholaş uçun foydalanib bölmaydi. Sörovnomada turli kasb, hudud, yoş va turli yillarda öqişni tamomlaganlar qatnaşgan.
Bitiruvçi rezyumesidagi birinçi satrni özi yaratadi
Geologiya yönalişini tamomlagan va hozir kurer bölib işlayotgan bitiruvçining hikoyasi barça yoş mutaxassislarning holatini aks ettirmaydi. Ammo u sörovnomada aniqlangan asosiy muammoni yaqqol körsatib beradi.
Diplom muhim bölib qolmoqda. Işlayotgan iştirokçilarning aksariyati öz faoliyatini olgan ta’limi bilan boğliq holda töliq yoki qisman saqlab qolgan. Biroq birinçi işni topiş uçun köpinça diplomning özi yetarli emas.
Kimdir kasbga amaliyot orqali kiradi. Kimdir esa öqiş davridagi işi, öqituvçisi, volontyorlik loyihasi yoki taniş-bilişlari orqali. Iş tajribasisiz mehnat bozoriga çiqqanlar esa oylab iş izlaşlari mumkin.
Universitetlar va iş beruvçilar öqişdan birinçi lavozimga ötişning aniq va tuşunarli tizimini yaratmagunça, bitiruvçilar mehnat bozoridagi asosiy ziddiyatni özlari hal qilişlariga töğri keladi: tajribaga ega böliş uçun avval tajribangiz borligini isbotlaşingiz kerak.
Iş beruvçilar tajribasiz talabada nimaga qaraydi?
Bir neça yillik iş tajribasi yöqligi har doim ham birinçi işga kirişga tösqinlik qilmaydi. TBC Uzbekistan va CLICK izohlaridan körinişiça, talabalar va junior-mutaxassislarni saralaşda kompaniyalar faqat diplom yoki rezyumedagi iş joylari soniga qaramaydi.
Ular uçun nomzodning fundamental bilimi bilan birga, bilimni amalda qöllab körgani, yangi vazifalarni örganiş qobiliyati, motivatsiyasi va işga munosabati ham muhim.
Iş tajribasi faqat rasmiy iş degani emas
TBC Uzbekistan’da junior-lavozimlarga nomzod tanlaşda inson qayerda işlaganidan köra, nimani sinab körgani va bundan nimani örganganiga e’tibor beriladi.
Bu stajirovka, qisman işlaş, frilans, volontyorlik, universitetdagi amaliyot, talabalar loyihasi yoki şaxsiy loyiha bölişi mumkin.
Darya Şabanova, TBC Uzbekistan’ning Head of Talent Acquisition rahbari, bunday tajriba iş beruvçiga nomzod vazifani belgilay oladimi, uni natijagaça olib boradimi, boşqalar bilan işlay oladimi va mas’uliyatni öz zimmasiga oladimi, şuni körsatişini aytadi.
«Talabalarni işga qabul qilişda biz ulardan tajribali mutaxassis darajasidagi iş tajribasini kutmaymiz. Biz potensialga qaraymiz: örganiş qobiliyati, motivatsiya, mas’uliyat, taşabbuskorlik va odamlar bilan işlay oliş. Öqiş davridagi har qanday real tajriba, stajirovka, qisman işlaş, loyiha yoki volontyorlik biz uçun yaxşi signal».
Şuning uçun talabaning rasmiy iş tajribasi bölmasa ham, rezyumesi böş bölişi şart emas. Kiçik loyihaning özi ham «bu dasturni bilaman» degan jumlaga qaraganda iş beruvçiga köproq ma’lumot berişi mumkin.
Fundamental bilim kerak, ammo tayyor mutaxassis böliş şart emas
Iş beruvçilar talabadan birinçi kundanoq barça vazifalarni mustaqil bajara olişni kutmaydi.
TBC’ning fikriça, junior-xodim uçun nazariy baza muhim, ammo yangi ma’lumot, jarayon va vositalarni qançalik tez özlaştira olişi ham şunçalik ahamiyatli.
Nomzod yangi vazifani tuşunişga harakat qilsa, töğri savol bera olsa va örganganini amalda qöllasa, muayan iş tajribasining yöqligi har doim ham hal qiluvçi kamçilik bölmaydi.
CLICK ham stajyor tanlaşda eng köp bilimga ega odamni topişni asosiy maqsad deb hisoblamaydi. Kompaniya uçun nomzodning fikrlay olişi, işga qiziqişi va mehnat qilişdan qörqmasligi muhim.
Demak, fundamental bilim kiriş nuqtasi bölişi mumkin. Keyin esa iş beruvçi bu bilim bilan inson nima qila olişini körişga harakat qiladi.
Motivatsiyani «rivojlanmoqçiman» degan javob bilan körsatib bölmaydi
TBC boşlanğiç mutaxassislarda tanlovning ongliligiga ham e’tibor beradi.
Suhbatda nomzod kompaniya va lavozim haqida ma’lumot olganmi, qanday vazifalarni bajarişini tuşunadimi, mazmunli savollar beradimi va nima uçun aynan şu sohada işlamoqçi ekanini tuşuntira oladimi, şular körinadi.
Şuning uçun «menda motivatsiya yuqori» deyişning özi kamlik qilişi mumkin. Oxirgi oylarda nimani örgangani, qanday loyiha qilgani yoki qaysi muammoni mustaqil hal qilganini körsatiş ança kuçli signal böladi.
Iş beruvçi fikrlaş qobiliyatini ham tekşiradi
CLICK’da stajyorlarni saralaş uç bosqiçdan iborat: avval rezyume körib çiqiladi, keyin test topşiriği beriladi, söng mentor bilan yakuniy suhbat ötkaziladi.
«Student tayyor mutaxassis emasligini yaxşi tuşunamiz. Tajribaning yöqligi yoki bilimda böşliqlar bölişi tabiiy. Amaliyot va bilimni berişimiz mumkin. Ammo işga qiziqiş va mehnatsevarlikni örgatiş qiyin. Biz birinçi navbatda şu xususiyatlarga qaraymiz», deydi CLICK.
Kompaniya ma’lumotiga köra, CLICK’ning ayrim hozirgi xodimlari ham faoliyatini aynan stajyorlikdan boşlagan.
Ayrim könikmalarni örgatiş osonroq
TBC kuzatuvlariga köra, bitiruvçilardagi asosiy böşliqlarni ikki guruhga ajratiş mumkin.
Amaliy könikmalar. Nazariy bilim bölsa ham, uni kundalik işda qöllaş tajribasi yetişmasligi mumkin: vazifalarni ustuvorlaştiriş, işni boşidan oxirigaça olib boriş, mijoz bilan işlaş, rahbar va hamkasblar bilan kommunikatsiya qiliş, ma’lumotni tahlil qiliş. Ayrim lavozimlarda Excel, CRM va hujjatlar bilan işlaş kabi bazaviy raqamli könikmalar ham talab etiladi.
Soft skills. Mustaqillik, mas’uliyat, taşabbuskorlik, kommunikatsiya va jamoada işlaş.
TBC’da Excel yoki CRM kabi vositalarni iş jarayonida örgatiş mumkinligi ta’kidlanadi. Mas’uliyat, taşabbuskorlik va vazifani mustaqil tuşunişga odatlaniş esa ança murakkab.
Şu nuqtada TBC va CLICK fikrlari deyarli bir joyda uçraşadi: texnik bilimdagi ayrim böşliqlarni töldiriş mumkin, ammo insonning işlaşga munosabati, mas’uliyati va örganiş istagi boşlanğiç bosqiçdayoq muhim.
Tajribani diplomdan oldin qanday oliş mumkin?
Sörovnomamizda ham bu farq körindi: öqiş davrida mutaxassisligi böyiça işlagan iştirokçilar orasida hozir işlayotganlar uluşi işlamaganlarga nisbatan ança yuqori.
Bu aynan erta işlaş keyingi bandlikka sabab bölganini isbotlamaydi. Ammo iş beruvçilarning izohlari kiçik amaliy tajriba nima uçun ahamiyatli ekanini tuşunişga yordam beradi.
Birinçi tajriba quyidagilardan biri bölişi mumkin:
stajirovka;
qisman işlaş;
frilans;
volontyorlik;
universitet loyihasi;
şaxsiy loyiha;
xakaton yoki tanlov.
Ayrim kompaniyalar bunday tajribani özlari ham yaratadi.
Şuning uçun talabaga «tajribam yöq» degan fikrda töxtab qolişdan köra, boşqa savol foydaliroq bölişi mumkin: öqiş davrida iş beruvçiga körsata oladigan qanday real natija yarata olaman?
Tadqiqot qanday ötkazildi?
Onlayn-sörovnomada universitetlarning 307 nafar bitiruvçisi iştirok etdi.
Savollar iştirokçining joriy holatidan kelib çiqib berildi. Iş va işga joylaşiş usullari haqida hozirda işlayotgan 146 nafar respondent javob berdi. Iş qidiriş davomiyligi va işga joylaşişdagi tösiqlar haqida hozirda iş qidirayotgan 89 nafar iştirokçi ma’lum qildi.
Iştirokçilar sörovnomada ixtiyoriy qatnaşgan. Tanlanma yoş, hudud, mutaxassislik yoki bitirgan yil böyiça vaznlantirilmagan. Şuning uçun sörovnoma natijalarini barça bitiruvçilar uçun umumiy holatni töliq aks ettiradi deb hisoblab bölmaydi.
Sörovnoma javoblar örtasidagi boğliqlikni körsatadi, ammo sabablarni aniqlamaydi. Masalan, mutaxassisligi böyiça iş tajribasiga ega iştirokçilar orasida bandlikning yuqoriroq ekani aynan öqiş davrida işlagani ularning keyingi karerasini belgilaganini isbotlamaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi