Ukrainada uruşning 28-kuni ötdi. Tunda va tongda Kiyev yana raketa zarbalariga uçradi: turar joylarga qilingan hujum oqibatida tört kişi yaralangan. Mariupolda Arxip Kuindji nomidagi san’at muzeyi binosi yöq qilingan, u yerda Ivan Ayvazovskiyning polotnolari saqlangan. Belgorod oblastidagi ikki qişloqda snaryadlar portlaşi oqibatida favqulodda holat rejimi joriy etildi, Rossiya hukumatining iddaosiga köra, ular Ukraina tomondan uçib kelgan. Ukraina soğliqni saqlaş vaziri Viktor Lyaşkoning ma’lumot berişiça, rossiyalik harbiylar 58ta tibbiy yordam maşinalarini öqqa tutişi oqibatida olti nafar tibbiy xodim halok bölgan. Bugun yana bir jurnalist ölimi haqida ma’lum böldi: Kiyevda The Insider xodimi Oksana Baulina halok böldi.

Ukraina favqulodda vaziyatlar böyiça davlat xizmati / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainadagi vaziyat böyiça sönggi ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylarning bir neça yönalişlardagi harakatlari töxtab qolgan. Ğarb tahlilçilari Kiyev yaqinida turgan Rossiya armiyasi ruhiyati pastligi va ta’minotda katta muammolar kuzatilayotgani haqida aytişmoqda.
- Kiyev atrofidagi rus harbiylari qurşovga tuşib qolişi ehtimoli mavjud. Amerika razvedka xizmatlari ma’lumotiga köra, Ukraina armiyasi rossiyalik harbiylarni Kiyevdan 55 km masofaga çekintirişga muvaffaq bölgan.
- Ukraina Kiyev yaqinidagi Makarov şahri qaytarib olinganini ma’lum qildi.
- Mariupol qamali davom etmoqda, şahar uçun janglar töxtagani yöq. Ukraina hukumati çorşanba kuni bu şahardan 3 mingdan ortiq kişi öz transport vositalarida Zaporojyega ötganini ma’lum qildi.
- Kiyev öqqa tutilişi oqibatida rossiyalik jurnalict Oksana Baulina halok böldi. U Kiyevdagi Podolskiy rayonida rossiyalik harbiylar zarbalari oqibatlarini tasvirga oliş çoğida yangi raketa zarbalariga uçragan. Rossiya harbiylari Ukraina şaharlari, jumladan Kiyev, Çernigov va Xarkovni öqqa tutişni töxtatmayapti.
- AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken AQŞ körsatmalarni örgangan holda rossiyalik harbiylar çindan ham Ukraina hududida harbiy jinoyatlar sodir etgani haqida xulosaga kelgan.
- Britaniya Ukrainaga yana 6000 raketa taqdim etdi. Şvetsiya - 5000 ta tankka qarşi komplekslar yetkazib berdi, Germaniya yana 2000 ta tankka qarşi granatomyotlar jönatişga qaror qilgan.
- BMT Xavfsizlik kengaşida Rossiyaning Ukraina böyiça rezolyutsiyasiga faqat uning özi va Xitoy ovoz berdi. Rezolyutsiya loyihasida öt oçişni töxtatiş va harbiy harakatlar hududidan tinç aholini evakuatsiya qilişga oid çaqiriqlar örin olgan, ammo Xavfsizlik kengaşining qolgan 13 a’zosi uning matnida Rossiya yuzaga kelgan gumanitar inqiroz aybdori ekani körsatilmagani uçun uni qöllab-quvvatlamagan.
- Uruşning tört haftasida Xarkovda qariyb mingta turar joy binolari vayron bölgan.
- Fransuzlarning Renault avtomobil kompaniyasi Moskvadagi zavodi faoliyatini zudlik bilan töxtatişga qaror qildi.
Quyida uruşning navbatdagi kunida olingan asosiy suratlar.

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Rodrigo Abd / AP / Scanpix / LETA

Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA

Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Mykhaylo Palinchak / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Atef Safadi / EPA / Scanpix / LETA

Nikolay Trişin / Scanpix / LETA

Mixail Tereşçenko / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA


Mixail Tereşçenko / Scanpix / LETA

Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA












